Qishlash vaqtida o‘simliklarga ta’sir qiluvchi boshqa noqulay omillar.
Qish paytlarida o‘simliklarga sovuqdan tashqari xam zararli ta’sir etuvchi noqulay omillar mavjud. Bularga dimiqish, ho‘llanish, qishki qurg‘oqchilik va boshqalarni kiritish mumkin. Dimiqish bir necha oy davomida qalin qor ostida qolgan o‘simliklarda kuzatiladi. Bunday sharoitga ko‘proq kuzda ekilgan g‘allalar duchor bo‘ladi. O‘simliklarning bunday dimiqishiga sabab, uzoq muddat qor ostida yotgan o‘simliklarning och qolishidir. Harorat 00 ga yaqin bo‘lgan sharoitda qor ostidagi o‘simliklarning nafas olishi ancha kuchli bo‘ladi. Natijada organik modda ko‘p sarflanadi. Qor ostida qorong‘ilik bo‘lgani uchun fotosintez bo‘lmaydi. Uzoq muddatda fotosintez va yangi organik moddalarning hosil bo‘lmasligi, nafas olish kuchli bo‘lib, zaxiradagi organik moddalarniig tez sarflanishi natijasida o‘simliklar och qoladi va shikastlanadi. Kuchli shikastlangan o‘simliklar nobud bo‘la boshlaydi. Bunday noqulay sharoit ko‘proq shimoliy xududlarda sodir bo‘ladi. Ayniqsa, uzoq muddatda qor ostida yashab, och qolgan o‘simliklar sovuqqa bo‘lgan chidamliligini yo‘qotib, qor ketishi bilan erta bahorgi sovuqlar ta’siridan tez nobud bo‘ladi.
Xo‘llanish ko‘proq bahorda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan xududlarda yoki uzoq davom etadigan qishki vaqtlarda kuzatiladi. CHunki bunday vaqtda yog‘ingarchilik va erigan qor suvlari muzlagan tuproqqa singolmasdan o‘simliklarni bosadi. Kislorod yetishmasdan anaerob muhit sodir bo‘ladi. Aerob nafas olish o‘rniga bijg‘ish jarayonlari kuchayadi va o‘simliklarga zararli ta’sir etuvchi spirtlar va boshqa oraliq moddalar to‘planadi. Agar sovuqlar qaytadan takrorlansa, u holda erigan suv yana muzlab, yangi muz qavati hosil bo‘ladi. Bunday holatda muz ostida qotib qolgan o‘simliklarning nobud bo‘lishi tezlashadi. Bu ahvol ham ko‘proq qish juda qattiq keluvchi shimoliy xududlarda bo‘lib turadi. Qishki qurg‘oqchilik o‘simliklarga, ayniqsa, mevali daraxtlarga ko‘proq zarar etkazadi. Qish paytlarida qisqa muddatli issiqlik va shamol ta’sirida o‘simlik tanasidan suv ko‘p bug‘lanadi. Bu vaktlarda, tuproq harorati past bo‘lganligi sababli, ildiz orqali suv qabul qilish to‘xtagan bo‘ladi. SHuning uchun o‘simliklar tanasidan bug‘lanish jarayonining kuchayishi suv balansining buzilishiga olib keladi. Suv balansining buzilishi o‘z navbatida suv tanqisligiga sabab bo‘ladi. Suv tanqisligining uzoq davom etishi natijasida o‘simliklar zararlanadi va hatto nobud bo‘ladi. Qishda uzoq vaqt qor va yog‘ingarchilik bo‘lmagan rayonlarda kuzgi donli ekinlar ham qishki qurg‘okchilikka uchraydi. Namlikning kam bo‘lishi ularning ancha so‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Qurg‘oqchilikning erta kuzda ro‘y berishi kuzgi ekinlarning o‘sish va rivojlanishiga zararli ta’sir etadi. Natijada bu o‘simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi, me’yorida shoxlana olmagan yer usti qismida etarli darajada organik moddalar xam to‘planmaydi.
Ekinlarni siqib chiqarish ham qishning noqulay omillaridan xisoblanadi. Tuproq, ichiga singan suvning muzlashi natijasida hosil bo‘lgan muz qatlami asta-sekin qalinlashadi va tuproqning ustki qatlamini undagi o‘simliklar bilan birgalikda yuqoriga ko‘taradi. Natijada ayrim chuqur joylashgan ildizlar uziladi. Havo isiy boshlasa muz qatlami erib, ildizlarning ustki qismi ochilib qoladi va qayta sovuqlar ta’sirida zararlanadi. Sovuq,va issiqlikning bir necha bora takrorlanishi natijasida esa ildizi uzilgan o‘simliklar tuproq ustida qoladi va nobud bo‘ladi. SHunday, qilib, qishlovchi o‘simliklarning qishda zararlanishi va nobud bo‘lishiga faqat sovuq, ta’sirigina emas, balki boshqa noqulay omillar ham sabab bo‘ladi. Ammo sovuq ayniqsa o‘ta sovuq, o‘simliklarni kuchli zararlantirishi, boshqa noqulay omillar ta’sirida ularning nobud bo‘lishini tezlatishi mumkin. Shuningdek, qishki noqulay omillar ta’sirida zararlangan o‘simliklarning sovuq ta’siridan o‘sishi ham tezlashadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda o‘simliklarni sovuq ta’siriga chiniqtirish katta ahamiyatga ega. I.I.Tumanov ishlab chiqqan usulga asosan, o‘simliklarni chiniqtirish ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqichda kuzgi ekinlar uchun harorat 00S atrofida bo‘lishi va yorug‘lik bilan ta’minlanishi zarur. Harorat 0,5 +20S bo‘lganda chiniqish 6-9 kunda o‘tadi. Daraxtsimonlarning chiniqishi uchun esa 30 kun kerak bo‘ladi. Nolga yaqin haroratda o‘sish to‘xtaydi, hujayralarni ximoya qiluvchi birikmalar (shakarlar, eruvchi oqsillar va boshqalar) to‘planadi, membranalarda ayrim yog‘ kislotalarning miqdori ko‘payadi va sitoplazmaning muzlash nuqtasi pasayadi. Bunday sharoitda fotosintez jarayoni organik modda to‘plash davom etadi va qish fasli uchun zaruriy oziq moddalar to‘planadi, ayniqsa, shakarlar ko‘p to‘planadi: CHiniqtirishning ikkinchi bosqichida yorug‘lik bo‘lishi shart emas. Bu bosqichda harorat noldan past va birinchi bosqichning to‘htovsiz davomi bo‘lishi kerak. Ikkinchi bosqichda hujayralardagi erkin suv kamayadi va kolloid-bog‘langan suv miqdori nisbatan oshadi. O‘simliklarning o‘ta sovuq ta’siriga chidamliligi ortadi. Ikkinchi bosqichda chiniqtirilgan kuzgi g‘allalar — 15-200S, noksimon olma navi —400S, archa —500S, oq qayin —650S o‘ta sovuqqa ham bardosh bergan. O‘simliklarning yashash muhitidagi tuproq xolati, agrotexnik tadbirlar, oziqlanish darajasi va boshqalar ham ularning chidamliligiga ta’sir etadi. Kuzda ekilgan g‘allalarning tuplanish bo‘g‘inlari 1,5 sm chuqurlikkacha joylashganda ular chidamsiz, agar 3-4 sm chuqurlikka joylashsa, chidamli ekanligi aniqlangan. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligiga makroelementlar va mikroelementlar ham ta’sir etadi. Rux mikroelementi hujayrada shakarlar bog‘langan suv miqdorini ko‘paytiradi. Molibden oqsillar miqdorining ko‘payishiga ta’sir etadi. Mis ta’siridan ham o‘simliklarning sovuqqa chidamliligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: |