UGLEVODLAR. Uglevodlar o‘simliklar tarkibida eng ko‘p tarqalgan organik modda bo‘lib, umumiy moddalarniig 85-90 foizini tashkil etadi. Ular fotosintez jarayonining asosiy maxsulotidir. Ularning molekulasi kimyoviy jihatdan uglerod, vodorod va kisloroddan tuzilgan. Masalan, glyukoza — C6H2O6, saxaroza — C12N22O11 Hamma uglevodlar ikkita guruhga bo‘linadi:
1) oddiy uglevodlar — monosaxaridlar;
2) murakkab uglevodlar — polisaxaridlar.
Murakkab uglevodlar gidrolizlanish natijasida oddiy uglevodlarga parchalanadi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va polisaxaridlar kiradi. Disaxaridlar ikkita monosaxaridlar molekulasidan bir molekula suv ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: |