NUKLEIN KISLOTALAR. Tirik organizmlarda irsiy belgilarning nasldan-naslga o‘tishi va oqsillarning biosintezi kabi jarayonlar nuklein kislotalarniig faoliyati bilan bog‘liq. Ikkita guruhga bo‘linadi, DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) va RNK (ribonuklein kislotasi). Nuklein kislotalar, ayniqsa, o‘simliklarning yosh va metabolitik faol organlarida ko‘p bo‘ladi. Jumladan, o‘simliklarning reproduktiv hujayralari tarkibida eng ko‘p uchraydigan ko‘knor urug‘pallasida 4,6-6,2 foiz, kedr yong‘og‘ining mag‘zida — 6,8 foiz va ko‘pchilik o‘simliklarning bargi va poyasida 0,1-1 foizgacha. Dezoksiribonuklein kislotasi barcha tirik organizmlardagi hujayra yadrosida joylashgan. Xloroplast va mitoxondriyalarda ham mavjudligi aniqlangan. DNKning molekulyar og‘irligi juda katta — bir necha o‘n milliondan yuz milliontagacha etadi. Uning molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin, timin, uglevod komponentlaridan dezoksiriboza va fosfat kislota bor.Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi. Ularning asosiy qismi ribosomalarda to‘plangan. Hujayralarda, asosan uch xil RNK mavjud:
1) ribosoma RNK (r-RNK) ribosomalarda to‘plangan bo‘ladi. Molekulyar og‘irligi 1,5-2 mln.ga teng. Hujayrada oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Umumiy RNK ning 800 ga yaqinini tashkil etadi;
2) transport RNK (t-RNK), ya’ni har bir aminokislotani oqsil sintez qilinuvchi joyga tashish vazifasini bajaradi. Molekulyar ogirligi 25-35 mingga teng. Umumiy RNKning 15 foizini tashkil etadi; 3) Ma’lumotli RNK (m-RN K) yadroda sintez kilinadi. Bularning asosiy vazifasi yadrodagi DNK molekulasidagi ma’lumotni ribosomalarga, ya’ni oqsil sintez qilinadigan joyga olib borishdir. Umumiy RNK ning 5 foizini tashkil etadi. Molekulyar og‘irligi 1 millionga teng. Ribonuklein kislotalarning kimyoviy tuzilishi ham DNKnikiga o‘xshab ketadi. Faqat RNK tarkibida timin o‘rnida uratsil, dezoksiriboza o‘rnida riboza joylashgan
Dostları ilə paylaş: |