2.Hujayraning tuzilishi. Hujayra tuzilmalari va ularning funksiyalari. “Hujayra” atamasi yunoncha “sutos”— hujayra so‘zidan olingan. O‘simliklar bir hujayrali prokariotlar va ko‘p hujayrali eukariotlarga ajraladi. Bir hujayrali organizmlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari misol bo‘lishi mumkin. Bu hujayralarda shakllangan yadro bo‘lmaydi. DNK moddasi hujayra markazida ma’lum fazada to‘plangan holda joylashgan bir hujayrali organizmlarda metabolitik jarayonlarning hamma funksiyalari shu bitta hujayrada bajariladi. SHakllangan mustaqil yadroga ega bo‘lgan ko‘p hujayrali o‘simliklar eukariot organizmlar deb ataladi. Ko‘p hujayrali organizmlarda har bir to‘qimani tashkil etuvchi hujayrada modda almashinuv jarayonining ma’lum bir funksiyalari bajariladi. SHuning uchun ham ko‘p hujayrali organizmlar hujayralar yig‘indisidangina iborat bo‘lib qolmay, balki butun bir organizmii tashkil etuvchi to‘qima va organlar yig‘indisidan iboratdir. O‘simliklarning hujayralari shakl jixatidan ikki guruhga bo‘linadi:1. Parenxima shaklli hujayralar bularga eni bo‘yidan, asosan farq qilmaydigan hujayralar kiradi.2. Prozenxima shaklli hujayralar — bularning bo‘yi enidan bir necha barobar uzun bo‘ladi. Hujayralarning xajmi xilma-xil kattalikka ega bo‘ladi. Masalan, asosiy to‘qimani tashkil qiluvchi parenxima hujayralari 0,015-O,070 mm, prozenxima shakldagi hujayralar esa uzun bo‘lib, har xil o‘simliklarda, xatto bir xil o‘simliklarda ham har xil bo‘ladi -paxta tolasi 65-70 mm, qichitqi o‘tining po‘stloq tolasi 80 mm bo‘lishi mumkin.Hujayralar xajmi, shakli va bajaradigan funksiyalariga qarab har xil bo‘lsalar ham, asosan umumiy tuzilishga ega. YA’ni har bir voyaga etgan hujayrada: po‘st, sitoplazma, vakuola, yadro, plastidalar, mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, endoplazmatik to‘r, membranalar va boshqalar bo‘ladi.