GOLJI APPARATI. Endoplazmatik to‘rning ma’lum qismlarida joylashgan pufakchali qatlamlar Golji apparati deyiladi. Ular endoplazmatik to‘rdan uzilib chiqib ketadigan pufakchalarning o‘zaro qo‘shilishi va o‘zgarishlaridan yuzaga keladi. Turli disk, tayokcha va boshqa shakllarda bo‘lib, xar to‘plamda bir nechtadan joylashgan. Membranasining qalinligi 7-8 nm.ga teng. Har bir o‘simlik hujayrasida bir nechtadan to yuztagacha Golji apparati bulishi mumkin. Golji apparatining membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Ular metabolitik jarayonda, ya’ni ayrim moddalarniig sintez qilinishi, hujayra po‘sti, vakuola shirasining hosil bo‘lishida va hujayra uchun keraksiz (shilimshik) moddalarning hujayradan chikarib tashlanishida ishtirok etadilar.