MITOXONDRIYALAR. Mitoxondriyalar hujayraprotoplazmasidagi asosiy organoidlardan biri bO‘lib, ular asosan energiya manbai hisoblanadi. O‘simlik hujayrasida ular dumaloq, gantelsimon shaklda mavjud, diametri 0,4-O, 5 mkm va uzunligi 1-5 mkm.ga teng. Xar bir hujayrada bir necha o‘ntadan to ikki mingtagacha uchraydi. Modda almashinuv jarayonida roli juda katta. Ular nafas olish markazi, ATFlarni hosil qiluvchi organoid bo‘lganligi uchun energiya manbai hisoblanadi. Energiyaning hosil bo‘lishida va ko‘chirilishida tarkibidagi fermentlar (suksin -oksidaza, sitoxromoksidaza) asosiy rol o‘ynaydi.
LIZOSOMALAR.Lizosomalar hajmi jixatidan mitoxondriyalarga teng, lekin solishtirma og‘irligi ulardan kam bo‘lgan organoidlardir. Ular asosan nordon fermentlar manbai bo‘lib xisoblanadi. Bu fermentlar qatoriga nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Ayniqsa, oqsillarni, nuklein kislotalarini, glyukozidlarni gidroliz qilishda ishtirok etuvchi fermentlar to‘plangan. Bu fermentlar hujayradagi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi sababli ularga lizosomalar deb nom berilgan.