Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə13/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203
majmua

PLASTIDALAR. O‘simlik hujayralari plastidalarning bo‘lishi bilan xayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida—yunoncha “plastikos” so‘zidan olingan bo‘lib, shakllangan degan ma’noni anglatadi.
Sitoplazmada plastidalar o‘zlarining qo‘sh qavat membranalari bilan ajralib turadilar. Ular dumaloq yoki oval shaklda. YUksak o‘simliklarniig barg hujayralarida 20-50 donagacha uchraydi. Plastidalar rangsiz (protoplastlar, leykoplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) bo‘ladi.O‘simlik hujayrasida uch xil plastidalar mavjud: xloroplastlar, xromoplastlar va leykoplastlar.

XLOROPLASTLAR — asosan yashil rangda (yunoncha — yashil so‘zidan olingan). Tarkibida xlorofill va karotinoidlardan iborat pigmentlar bor. Mazkur organoidning asosiy vazifasi shundan iboratki, unda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. SHu sababli u fotosintetik organ ham deyiladi.

XROMOPLASTLAR — (yunoncha — rang so‘zidan olingan) sariq, qizil va qo‘ng‘ir ranglarda bo‘lishi mumkin. Ular o‘simliklarning yer usti va yer osti organlarida, o‘simlik gullari va meva hujayralarining
protoplazmasida uchraydi. Xromoplastlarda karotinoidlar jumlasiga kiruvchi pigmentlar bo‘ladi. Ular gultoj barglarida, ayrim mevalarda (apelsin po‘stlog‘ida, na’matak, tarvuz, pomidor, sabzi va boshqalarda) uchraydi. Gullarning xromoplastlar tufayli turli rangga kirishi va hasharotlarni jalb kilishi biologik ahamiyatga ega. CHunki xasharotlar (ularni) chetdan changlatishni ta’minlaydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin