Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə10/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203
majmua

HUJAYRA PO‘STI. O‘simliklarning hujayralarida qattiq po‘stning bo‘lishi ularning hayvon hujayrasidan farq qiladigan belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmda hujayralar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Ona hujayra bo‘linayotgan vaqtda undan xorsil bo‘layotgan hujayra oralig‘ida juda yupqa tusiq paydo bo‘ladi va u ona hujayraning eski pusti bilan qo‘shilib ketadi. Natijada paydo bo‘lgan ikkala hujayra ham qattik po‘stga o‘ralib qoladi. Hujayra pusti asosan sellyuloza, gemitsellyuloza va pektin moddalaridan iborat. Quruq og‘irligiga-nisbatan sellyuloza 30 foizni, gemitsellyuloza 40 foizni, pektin moddalari 20-25 foizni tashkil etadi. Hujayra po‘sti orqali suv va suvda erigan kichik molekulali moddalar erkin, qarshiliksiz o‘tib, plazmolemma satxiga boradi..

HUJAYRA MEMBRANASI. Hujayraning tashqi muxit bilan bo‘ladigan almashuv munosabatlari va protoplast ichida ro‘y beradigan hayotiy jarayonlar maxsus membrana tizimi orkali amalga oshadi. Protoplast va undagi organoidlar membrana qavati bilan koplangan. YA’ni har bir organoid ham protoplazma kabi o‘zining membranasi bilan tavsiflanadi. Ana shu membranasi yordamida sitoplazmadan ajralib turadi.Protoplastni tashki tomondan o‘rab turuvchi membrana (plazmolemma qavati) — hujayra membranasi deb yuritiladi. U yarim o‘tkazgich xususiyatiga, ega bulib, o‘zi orqali suvni bemalol o‘tkazadi. Lekin suvda erigan moddalar uchun yuqori darajada tanlab o‘tkazuvchi to‘siq vazifasini bajaradi. Membrananing bunday xususiyatlari hujayra uchun keraksiz moddalarni ichkariga o‘tkazmay, faqat zarurlarini o‘tkazish beqiyos ahamiyatga ega. Demak, membranalar hujayra metabolizmi jarayonining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan moddalar oqimi va energiyasini boshqaradi: to‘siqlik, transport, osmotik, energetik, biosintetik va boshqalar.. Membrananing asosiy kimyoviy tarkibi juda murakkab bo‘lib, u asosan lipidlar va oqsillardan iborat. Umuman, membrana protoplazma va organoidlarni faqat o‘rab va ajratib turuvchi qavat bo‘libgina qolmay, muhim metabolitik vazifalarni ham bajaradi.



YADRO. YAdro o‘simlik hujayrasining eng muxim organoidlaridan biridir. Dumaloq yoki oval shaklida va ba’zi hollarda esa duksimon, ipsimon bo‘lishi mumkin. O‘simlik hujayrasi yadrosining o‘lchami o‘rtacha 10 mkm atrofida bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar hujayrasida yadro bitta bo‘ladi. YAdro membrana qavati bilan o‘rab olinadi va uning ichida 1-8 donagacha yadrochalar bo‘ladi. YAdroning asosiy vazifasi shundaki, u hujayra, to‘qima, organ va butun o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni boshqarib turadi va axborot markazi sanaladi. YAdro tasnifiy oqsillarni sintez qilish va irsiy belgilarni saqlab, avloddan avlodga berish dasturi bilan tavsiflanadi. Bu muhim vazifaning bajarilishida yadrodagi DNK asosiy rol o‘ynaydi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin