4. To’rsimon naylarda moddalarning tashiluvi. Assimilatlarnin to’rsimon elementlarga harakatlanishi simplast tashiluvining o’ziga xos mexanizma hozircha aniqlangan emas.
Hozirgi vaqtda bir muncha asoslangan deb E.Myunxenning (1926) bosim ostida gepotezasi qaraladi. Ushbu gipoteza, asosan, simplast asosida fotosintezlovchi hujayralarda to’planuvchi sxaroza tufayli va assimilatlardan foydalanuvchu to’qimalar o’rtasida (masalan, ildiz hujayrlari) osmotik gradiyent vujudga keladi va u to’rsimon naylarda gidrostatik bosim gradiyentiga aylanadi. Buning natijasida barglardan ildizlarga yo’nalgan suyuqlik harakati yo’nalishi hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda ushbu gipoteza assimilatlarning uzoqqa tashiluvi omili bo’lgan floemaning to’lishi va bo’shashishi mexanizmlarini o’rganish tufayli birmuncha tasdiqlangan. To’rsimon naylar plazmolemmasida saqlanib qolgan tanlab o’tkazuvchanlik xossasi bosim ostida floema shirasining harakatlanishining asosiy omilidir.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan floema shirasining tashiluvi mexanizmi qaysidir jihatlaridan ksilema shirasining ildiz bosimi natijasida ildizlardan barglarga tashiluvi jarayoniga o’xshab ketadi. Ushbu o’xshashlik ayniqsa bahor vaqtlarida jarohatlangan daraxtlar va toklarning “yig’lashi” misolida shira tarkibida qandlarning anchagina ko’pligi jihati bilan yanada yaqqol tasdiqlanadi.