Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


- MAVZU: MINERAL OZIQLANISH FIZIOLOGIYASI. MAKRO, MIKRO VA ULTRAMIKROELEMENTLAR



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə97/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
majmua

9- MAVZU: MINERAL OZIQLANISH FIZIOLOGIYASI. MAKRO, MIKRO VA ULTRAMIKROELEMENTLAR
Reja:

      1. O‘simlik ildiz tizimining tuzilishi.

      2. Ildiz orqali suv va unda erigan moddalarning so‘rilishi.

      3. Ildiz tizimi faoliyatiga tashqi faktorlarning ta’siri.

      4. Ildizning suvni so‘rishiga tuproq konsentratsiyasini ta’siri.

      5. Makro va mikroelementlarning o‘simlik hayotidagi o‘rni.


Tayanch iboralar
: ildiz, meristema, rizoderma, ildiz tukchalari, simplast, apoplast, ildiz bosimi, guttatsiya, shira, konsentratsiya, PH osmotik bosim, endoderma, peritsikl, parenxima, o‘tkazuvchi naychalar.

O‘simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo‘lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu ikki jarayon:fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish — birgalikda o‘simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog‘liqlik natijasida o‘simliklarning organik asosga ega to‘qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo‘ladi. Ularning o‘sishi va rivojlanishini to‘la ta’minlash uchun tuproqdan juda ko‘p mineral elementlar yutiladi. SHuning uchun ham bunga o‘simliklarning ildiz orkali oziqlanishi deyiladi.O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishida tuproq hususiyatlari va unumdorligi, ayniqsa, tuproqning suv o‘tkazuvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik xossalari, tarkibidagi organik moddalar va o‘simliklar uchun muxim oziq elementlarni to‘plash qobiliyati katta ahamiyatga ega.

Qadimgi zamonlardayoq, (ya’ni eradan avvalgi 600-500 yillarda) dexqonchilik bilan shug‘ullangan odamlar kul va chirindilarga boy tuproqlarda hosilning ko‘proq, bo‘lishini bilganlar va bundan foydalanganlar. Keyinchalik o‘simliklarni oziqlantirish to‘g‘risidagi tushunchalar rivojlanib bordi. O‘rta asrlarda yashagan gollandiyalik tabiatshunos YA.B.Van-Gelmont tajribalari, ayniqsa, diqqatga sazovor. U sopol idishga 91 kg quruq tuproq solib, og‘irligi 2,25 kg.ga teng tol shoxchasini ekadi va yomg‘ir suvi bilan sug‘orib turadi. 5 yildan so‘ng tolning og‘irligi 77 kg ga etadi. Idishdagi tuproqning og‘irligi esa faqat 56,6 g ga kamayadi. Van-Gelmontning fikricha, agar o‘simliklar o‘z tanasini tuproq hisobiga tuzadigan bo‘lsa, u xholda tol shoxchasi qancha ko‘paysa, idishdagi tuproq shuncha kamayishi kerak edi. Lekin bu xolat sodir bo‘lmaydi. SHuning uchun ham u o‘simliklar o‘z gavdasini suvdan tuzadi, degan xulosaga keladi. SHu tariqa o‘simliklar oziqlanishining” suv nazariyasi” vujudga keladi va uzoq, muddat davomida e’tirof etiladi.Lekin bundan ancha avval Aristotel (eramizdan avnalgi 384-322 yillar) o‘simliklar tuproqdan murakkab moddalarni so‘rib oladi va o‘shalar xisobiga o‘z tanasini tuzadi degan edi.Bu tushunchani XUIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida nemis agronomi A.Teer yanada rivojlantirdi va “gumus nazariyasi”ni yaratdi. Unga ko‘ra o‘simliklar asosan suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi. Tuproqda chirindi moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘simliklar shuncha faol o‘sish va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.



O‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini xar tomonlama rivojlantirgan olimlardan nemis kimyogari. YU.Libix bo‘ldi. 1840 yilda YU.Libix o‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini rivojlantirish bilan bir qatorda gumus nazariyasini inkor qildi. Uning fikricha, tuproq unumdorligi faqat mineral moddalarga bog‘liq. YU.Libix birinchi bo‘lib tuproqqa o‘g‘itlar sifatida toza tuzlarni solishni taklif etdi. U mineral elementlarning ahamiyatini to‘g‘ri baxoladi, lekin o‘simliklar azotni havodan ammiak holida qabul qiladi, deb o‘ylaydi. Keyinchalik u bu fikr xatoligini tushundi va o‘simliklar azotni ildiz orqali nitratlar holida qabul qiladi, degan fikrga qo‘shildi. Biroq shu bilan birga Libix tuproqdagi organik moddalarning ahamiyatini inkor qildi, holbuki, tuproq tarkibidagi gumus o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, tuproq mikroflorasini rivojlantirish va boshqalarda katta ahamiyatga ega.YU.Libix “minimum qonuni”va” qaytarilish qonunlari”ni taklif etdi. Bu qonunlar bo‘yicha tuproqda o‘simliklarga zarur mineral elementlar minimumga etmasa, ularning foydasi ham bo‘lmaydi. Qaytarilish qonunida esa o‘simliklar o‘z hosili bilan tuproqdan qancha mineral modda olsa, o‘rniga shuncha qaytarish zarur, deb tushuntiriladi. Aks holda yildan-yilga tuproq unumdorligi va hosildorlik kamayib boradi. Libixning fikrlari umuman to‘g‘ri. Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish va tuproqni mineral elementlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash natijasida hosildorlikni oshirib borish mumkin. O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanish g‘oyasini P.A.Kostichev,V.V.Dokuchaev, K.K.Gedroys, D.N.Pryanishnikov va boshqa olimlar yanada rivojlantirdilar,


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin