Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Tashqi muhit omillarining suvning so'rilishiga ta'siri



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə53/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203
majmua

2.Tashqi muhit omillarining suvning so'rilishiga ta'siri


3.Turli ekologik guruh o`simliklarida suv almashinuvining xususiyatlari

4.O'simliklarni sugorishning fiziologik asoslari

Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muxitlardan biridir. Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo‘ladi yoki anabioz xolatiga o‘tadi. O‘simliklar tanasida suvning miqdori 70 foizdan 90 foizgacha bo‘lishi mumkin. Bu ularniig tur va navlariga, yoshiga, yashash muxitiga, xar xil organlariga va xatto hujayra organoidlariga ham bog‘liq. Ayniqsa, o‘simlikning yosh a’zolarida va bargida bu ko‘rsatkich 90 foizgacha borishi mumkin. Suv miqdori hujayra protoplazmasida 80 foiz, shirasida 98 foiz, po‘stida 50 foizgacha etishi mumkin. Ayrim xo‘l mevalarda juda ko‘p: bodringda 98 foiz, pomidorda 94 foiz, tarvuzda 92 foiz, kartoshkada 77 foizgacha bo‘ladi. O‘simliklar hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi:

1) biokimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi uchun asosiy muhit bo‘lib xisoblanadi;
2) kimyoviy birikma bo‘lganligi uchun muhim reaksiyalarda: gidroliz, sintez, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida (fotosintez, nafas olish, mineral elementlarni o‘zlashtirish va hokazolar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi;

3) O‘simliklarni kuchli issiqlik ta’siridan saqlaydi, ular haroratni pasaytiradi (transpiratsiya);

4) O‘simliklarning tuproqdan qabul qilgan mineral elementlari, uning tanasida hosil bo‘lgan organik moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham suv hisobiga sodir bo‘ladi. Tabiatda yashovchi xar bir o‘simlik o‘zining ontogenezida juda ko‘p miqdorda suv sarflaydi (asosan, tanasi orqali bug‘latadi). Masalan, makkajo‘xori vegetatsiya davomida 200 l gacha, bug‘doy esa bir tonna quruq modda hosil qilish uchun 300 t suv sarflaydi. Umuman o‘simlik orqali o‘tgan suv miqdorini 1000 qism deb olsak, shundan 1,5-2 qismigina organik moddalarning hosil bo‘lishida ishtirok etib, kolgan 998 yoki 998, 5 qismi tana orqali bug‘lanib ketadi.O‘simlik o‘z ontogenezida sarflaydigan suv miqdori ko‘p yoki oz bo‘lishi iqlim sharoitiga bog‘liq. Masalan, issiq va quruq iqlimda bu ko‘rsatkich sernam iqlimdagidan ko‘ra 2-3 marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bunga tuproqdagi suv miqdori ham ta’sir qiladi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin