Barcha quruqlikda yashovchi o‘simliklarning tanasida to‘xtovsiz suv almashinish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bunday jarayon o‘simliklarning suv rejimi deyiladi va uch bosqichdan iborat: 1) suvning ildiz tomonidan shimilishi; 2) o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va taqsimlanishi; 3) barglar orqali bug‘lanishi — transpiratsiya. Bu bosqichlarning xar biri bir qancha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.O‘simliklar suvga bo‘lgan talabning juda oz qismini yer usti a’zolari (asosan barglari) orqali ta’minlaydilar. Bu asosan yog‘ingarchilik va xavo namligi yuqori bo‘lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Me’yoriy o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz tizimi orqali olinadi. Tuproqdan suv olish uchun o‘simlik ildiz hujayralarining so‘rish kuchi tuproq eritmasining so‘rish kuchidan bir muncha yuqori bo‘lishi shart. CHunki tuproqda bunday so‘rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum konsentratsiyali eritma holida bo‘ladi . Yeritmaning konsentratsiyasi tuproqdagi suvga, eruvchi tuzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog‘liq.