Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə38/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

2. Arktika tuproqlari zonasi
Ushbu mintaqa Shimoliy Muz okeanining 750 sh.k. dan shimoldagi orollarni, shuningdek Rossiyaning shimolidagi Shimoliy Yег, Yangi Yег, Frans-Iosif Yeri, De-Long orol1arida, Novosibirsk orol1arida, Taymiming Shimoliy qirg’oqlarida (Chelyuskin ko’rfazida) tarqalgan. Bundan tashqari Shimoliy Amerikada (Kanada Arktika arxipelagida), Grendlandiyada уа boshqa joylarda keng tarqalgan.
Zona iqlimi juda sovuq, davomli, radiatsiya balansi yiliga 6 kkal/sm2 dan ortmaydi. Yillik о‘rtacha harorat –10 –14 0C, qishki harorat –25 –31 0C, Grenlandiya –46 0C gacha yetishi mumkin. Yozda о‘rtacha sutkalik harorat +5 0C dan ortmaydi. Sovuqsiz kunlar yiliga atiga 12-14 kunni tashkil etadi, yog‘in miqdori 150 mm atrofida bо‘lib, yozda ham qor tarzida yog‘adi.
Zona relyefi uchun muz va abraziya (sohilda dengiz tо‘lqinlari ta’sirida hosil bо‘lgan zinapoyasimon shakllari harakterli.
Muzlikdan holi bо‘lgan hududlarda tuproq hosil qiluvchi jinslar tarkibida mayda silliqlangan toshli elyuvial, qisman shо‘rlangan dengiz va muz yotqiziqlari asosiy о‘rinni egallaydi. Tuproq hosil bо‘lishiga bu mintaqada yana dengizdan tuzlarning shimilishi va kuchli shamollar ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
О‘simliklari kam va siyrak bо‘lib, asosan mox va lishayniklar hamda kо‘k – yashil suvо‘tlaridan iborat. O’simlik qoplami sovuqdan hosil bo’lgan yoriqlar, qurishi tufayli hosil bo’lgan yoriqlar уа boshqa genezisdagi kichik depressiyalarda tarqalgan bo’lib dengiz sathidan 100 m balandlikda o’simlik qoplami deyarli bo’lmaydi O’simliksiz (yalang) gurunt 70-95% ni egallaydi.
Umuman tuproq hosil bо‘lish jarayonlari sust rо‘y beradi. Bu faqat iqlimning sovuqligidangina emas, balki zonaning о‘zini nisbatan yoshligidan hamdir. Tuproq hosil bо‘lish jarayonida faol yuza qatlamda muzlash va erish ta’sirida moddalarning siljishi rо‘y beradi. Bunda tuz tо‘planishi sodir bо‘ladi. Nurash mahsulotlari chuqur tushib ketmaydi, biokimyoviy jarayonlar sekin rо‘y beradi, mikroorganizmlar orasida azotobakteriyalar yо‘q, aksincha mikrobakteriyalar kо‘pchilikni tashkil etadi.
Kо‘p yillik muzloqlarning mavjudligi va havoning past salbiy harorati tufayli muzdan holi bо‘lgan hududlardagina arktika tuproqlari shakllanadi va tarqaladi. Bundan tashqari yuksak о‘simliklarsiz hamda kо‘k – yashil suv о‘tlari bilan qoplangan maydonlarda sodda tuproq – tuproq plyonkasi shakllanadi. Arktika tuproqlarida gumus miqdori 1 dan 3-5 % gacha yetishi mumkin8.
Arktika zonasining eng shimolida о‘zining gumus qatlamining yо‘qligi bilan arktika tuproqlaridan farqlanuvchi arktikaning chо‘l tuproqlari tipi uchraydi.
Arktika zonasida gidromorf tuproqlardan botqoq – arktika tuproqlari uchrab, ularning gleyli va gleysiz turlari ajratiladi. Yozda tuproq yuzasining bir necha santimetrigacha erib, bilqillama botqoqqa aylanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin