Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org
2. Tayga – о‘rmon oblasti Hudud qadimgi muz bosishga uchragan bо‘lib, muzlik va suv – muzlik relyef shakllari hukumronligida dengiz, qor – muz, kо‘l – muz yotqiziqlarining turli granulometrik tarkibi, shuningdek lyossimon va loyqali muz oldi yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ayniqsa, Yevrosiyo oblastida tuproq qoplami tuzilishida kenglik – zonalik va fatsial qonuniyatlar yaqqol kо‘zga tashlanadi. Tuproq qoplamida gleylipodzol, podzol, chimli – podzol tuproqlar, yengil jinslarda esa alfagumusli podzollar tarqalgan.
Gleylipodzol tuproqlar gumusga kambag‘al (2-4 %) va juda nordon bо‘ladi, gumus qatlami deyarli bо‘lmaydi, alohida hududlarda yuzasi gleylashgan bо‘ladi. Shimoliy tayganing nam iqlim sharoitida va yengil jinslarda alfagumusli podzollar vujudga keladi. Ular qadimgi allyuvial va qor-muzli qumlik va qumoqli jinslarda tarqalgan. Podzollar – ham tuproqning barcha kesimi bо‘yicha juda nordon bо‘ladi.
Botqoq – podzol tuproqlar tekisliklarning yassi, suvni sekin о‘tkazadigan yuzalarida va unchalik chuqur bо‘lmagan pastqamliklarda tarqalgan bо‘lib, ular botqoqlarda qarag‘ay-yel о‘rmonlari ostida hamda yuzasi mox – buta bilan qoplangan joylarda rivojlanadi.
Tipik podzol tuproqlar loyqali va qumoqli, suv о‘tkazuvchanligi ijobiy bо‘lgan relyef elementlaridagi igna bargli о‘rmonlar ostida rivojlangan. Ular yuqori ishqorlanishga ega, gumus miqdori yuqori qismida 1-3 % ni tashkil etadi.
Janubiy taygada nam yetarli va issiq iqlimda podzollashish jarayoni о‘tloq – podzol tuproqlarning shakllanishiga imkon tug‘diradi. Bu tuproqlar ham butun kesmasi bо‘yicha kuchli nordon, gumus miqdori A qatlamda о‘rmon ostida eng yuqori - 3-7 % ni tashkil etadi. Tub karbonat jinsli (ohak, dolomitlar va b.) hududlarda ular yer betiga yaqin joylashgan bо‘lsa, о‘tloq – karbonatli tuproqlarning litogen tiplari vujudga kelgan.
Janubiy tayganing yer usti yoki grunt suvlari oqimi ta’sirida uzoq muddat qо‘shimcha namlanishidan zonada turli botqoq – podzol va botqoq tuproqlar hosil bо‘lgan (G‘arbiy Sibirda).
G‘arbiy Yevropaning keng bargli va aralash о‘rmonlari ostidagi karbonatli lyossimon loyqali hududlarda qо‘ng‘ir tuproqlar rivojlangan, oblast sharqining janubiy chegarasida ular sur о‘rmon tuproqlar bilan almashinadi. О‘ziga xos sur о‘rmon tuproqlar Qoyali tog‘larning etaklarida ham uchraydi.