Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə78/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-7
Mavzu: Tuproqlarning morfologiyasi, tarkibi, tuzilmasi va xossalari. Tuproqlarning tasnifi, tashxisi va unumdorligi
Reja:
1. Tuproqlarning morfologiyasi va kimyoviy tarkibini aniqlash.
2. Tuproq tuzilmasi va fizik xossalarini tahlil qilish.
3. Tuproqlarning tasnifi, tashxisi va unumdorligini tahlil qilish


Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Tuproqlarning morfologiyasi va kimyoviy tarkibi. Tuproq tuzilmasi. Tuproqning fizik va fizik–mexanik xossalari. Tuproq tuzilmasining paydo bo’lishi. Tuproq tuzilmasining buzilishi (yo’qotilishi), uni tiklash va asrashlarni o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va “BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM (B.B.B.)” mеtodi va boshqa metodlaridan foydlanish


Nazariy qism
Tuproqda ona jins tarkibida bо‘lmagan bir qancha modda va birikmalar ham paydo bо‘ladi. Shu bois tuproq о‘z ona jinsidan faqat unumdorligi bilangina emas, balki о‘zining tashqi kо‘rinishi (morfologiyasi) bilan ham farqlanadi. Demak, u tog‘ jinslaridan hamda bir-birlarida tusining boshqachaligi bilan ham farqlanadi. Tuproqlar geografiyasi jihatidan bu muhim ahamiyatga ega. Chunki tuproq morfologiyasini о‘rganish bilan tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning yо‘nalishi va darajasi tо‘g‘risida aniq tasavvurlar vujudga keladi – boyiydi.
Tuproq morfologiyasiga oid usullar ham bevosita V.V.Dokuchayevning dala ilmiy tadqiqotlari bilan bog‘liq.
Tuproq qoplamining о‘ziga xos morfologik belgilari quyidagilarni о‘z ichiga oladi: tuproqning genetik qatlamlari, tuproq qoplami qalinligi, tuproq tusi, mexanikaviy tarkibi, tuzilmasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qо‘shilmasi.
Har qanday tizimlar tuzilma (struktura)si – bu uning qismlarini о‘zaro munosabatining alaqodorligi bilan bog‘liqdir. Har xil shakl va о‘lchamdagi tuproq element (qism, agregat)lari yig‘indisidan tuproq tuzilmasi vujudga keladi. Tuproq qancha donador bо‘lsa tuzilmali tuproq, donador bо‘lmasa tuzilmasiz tuproq deyiladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin