Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə90/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.


Amaliy mashg‘ulot-13
Mavzu: O‘zbekiston tuproqlari geografiyasi. O‘zbekistonning balandlik mintaqasi tuproqlari joylashuvi.
Reja:
1. O‘zbekistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishini tahlil qilish.
2 O‘zbekistonning tekislik, tog‘oldi va tog‘ provinsiyasi tuproqlari geografiyasini tahlil qilish va xaritaga tushirish.
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: O’zbekistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishi. O’zbekistonning tekislik provinsiyasi tuproqlari geografiyasi. O’zbekistonning tog’oldi va tog’ provinsiyasi tuproqlari geografiyasini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «KLASTЕR» mеtodi «Aqliy hujum » va boshqa metodlaridan foydlanish

O’ZBEKISTON TUPROQ KARTASI


Nazariy qism
O’zbekistonda tuproqlar geografiyasiga oid ilk ma’lumotlar N.Teyx tomonidan (1881) Toshkent atrofi tuproqlarini о‘rganish natijasida ushbu tuproqlarning gumusga kambag‘al va karbonatli ekanligini qayd etilishi bilan boshlagan. 1882 yilda A.Medlendorf ,,Farg‘ona vodiysi ocherklari” risolasida hozirgi bо‘z tuproqlarni sariq tuproqlar deb atagan. 1886 yildagi V.V.Dokuchayevning tuproqlar tasnifida mamlakatimiz tuproqlari umuman nazardan chetda qolgan. Ushbu muallifning 1900 yildagi tasnifida avvalgi sariq lyossli mergelli tuproqlar sinfini aeral tipga kiritilib, sariq va oqish tuproqlarga ajratilgan. N.M.Sibirsev tasnifida о‘sha tuproqlar eol – lyoss tuproq tipining lyoss tuproq kenja tipiga kiritilgan.
О‘zbekistonda tuproqlar geografiyasi bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar avvalo yirik tuproqshunos olimlar – S.S.Neustruev va N.A.Dimolar nomi bilan chambarchas bog‘liq. Aynan ular XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishiga asos soldilar.
О‘zbekistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishida О‘rta Osiyo davlat universiteti qoshida Tuproqshunoslik va geobotanika institutining tashkil etilishi (1921) katta turtki bо‘ldi. Uning tashkilotchilaridan biri va rahbari hamda О‘rta Osiyoda tuproqlar geografiyasi ilmiy maktabining asoschisi ham N.A.Dimo hisoblanadi. U о‘z tadqiqotlarida tuproq va о‘simlikni yaxlit jismning bir qismi, landshaftning murakkab qismi sifatida qaradi. Tuproq va uning zamini avvalo о‘simliklar uchun yashash muhiti, о‘simlik qoplamiga esa ushbu muhitni qayta yaratuvchisi va kо‘rsatkichi ekanligi sifatida yondoshdi.
О‘rta Osiyo, xususan О‘zbekistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishida: I.P.Gerasimov, M.A.Orlov, M.A.Pankov, A.N.Rozanov, N.V.Kimberg, A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov, S.A.Shuvalov, V.A.Kovda, I.N.Stepanov hamda mahalliy olimlardan: M.B.Bahodirov, A.M.Rasulov, M.U.Umarov, D.R.Ismatov, L.T.Tursunov kabi olimlarning ishlari e’tirofga loyiq. Ayniqsa, bu borada Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, О‘zMUning tuproqshunoslik kafedrasi a’zolarining ishlari tahsinga sazovardir.
О‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘ provinsiyasi tuproqlari geografiyasi Mazkur provinsiya tuproqlari biz yuqorida (IV.1.1) о‘rgangan tuproq zonalligining balandlik (vertikal) qonuniyati asosida vujudga keladi hamda: 1) bо‘z tuproqli adir – tog‘oldi; 2) jigar rang va qoramtir – qо‘ng‘ir tog‘ – о‘rmon; 3) och tusli qо‘ng‘ir – о‘tloq baland tog‘ (yaylov) mintaqalari tarzida joylashadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin