Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə94/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:
1.Topshiriq: Tuproqni xaritalash va tuproq xaritalarini tahlil qilish, amaliy mashg’ulot daftariga yozish.
2 Topshiriq: Yer kadastri va tuproq bonitrovkasini tahlil qilish va dunyoning yer resurslarini o’rganish amaliy mashg’ulot daftariga yozish, xaritaga tushirish.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-15
Mavzu: Tuproqlarning ahamiyati va uni muhofaza qilish.
Reja:
1. Tuproqning tabiatdagi rolini tahlil qilish.
2 Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati tahlil qilish va tuproqni muhofaza qilish xaritasini tuzish.


Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Tuproq mahsuldorligi, yer fondi, sug’oriladigan yerlar, yaylovlar, lalmi, sho’rlashish, deflyatsiya, cho’llashish, eroziya, degressiya, “oltin fond”, tadbirlar, kollektor – zovur, mol boqish, almashlab ekish, rekultivatsiya, ihotazorlar hamda yer resurslarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: Dunyoni va O’zbekistonning Tuproqlar kartasi, o’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Tuproq – yer resurslari va ulardan foydalanish Tuproq – atrof muhitning muhim komponentlaridan biridir. Uning barcha ekologik vazifalari birgina mahsuldorligida mujassam bo’lishi mumkin. Tuproq-er resurslari tabiat boyligi, boshqa boyliklardan farqi, uni qayerda joylashgan bo’lsa, undan o’sha yerda foydalaniladi. Dunyo yer fondi tuzilmasi quyidagicha:
  • 33% maxsuldorligi kam yerlar – cho’llar, botqoqliklar, muzliklar va b,


  • 3% antropogen landshaftlar – axoli manzillari, sanoatli Hududlar, transport yo’llari va boshqalar.


  • 30% o’rmon va butazorlar;


  • 34% qishlq xo’jalik yerlari, shundan:


  • 11% (1,5 mlrd ga) xaydaladigan yerlar, bog’lar, uzumzorlar;


  • 23% o’tloq va yaylovlardan iborat bo’lib, so’ngi 34% yer resurslari insonni zarur oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarining 98% ini taminlaydi. Ishlov beriladigan yerlarning eng katta maydonlari AQSH, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Kanada, Braziliya mamlakatlarida joylashgan. Dunyo bo’yicha aholi jon boshiga o’rtacha 0,4 ga xaydaladigan yer to’g’ri keladi. (Qozog’istonda 2,0 ga, O’zbekistonda 0,14 ga, Yaponiyada 0,04 ga ).


Yaylovlar maydoni bo’yicha Avstraliya, Xitoy, AQSH, Qozog’iston, Braziliya, Argentina, SHimoliy Afrika davlatlari oldingi o’rinlarni egallaydi.


O’zbekistonda sug’orishga yaroqli yerlar 7 – 10 mln ga ni tashkil etadi, shuning 16% i o’tloq – bo’z tuproqlar, 44% i o’tloq, 30% i bo’z tuproqlar, 10% taqir-o’tloq tuproqlardan iborat. O’zbekiston yer fondining yer turlari bo’yicha taqsimlanishi:
  • sug’oriladigan yerlar – 9,2%;


  • pichanzor va yaylovlar – 46,7%;


  • o’rmon va butazorlar – 7,6%;


  • ko’p yillik daraxtzorlar – 0,8%;


  • tomorqa yerlari – 1,6%;


  • bo’z yerlar – 0,2%;


  • boshqa yerlar – 34,0%.


Umuman qishloq xo’jalik yerlari 25,3 mln ga bo’lib, shundan sug’oriladigan yerlar 4,3 mln ga, lalmi yerlar maydoni 757,4 ming ga ni tashkil qiladi, qolganlari yaylov hududlariga to’g’ri keladi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin