Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Tropik kserofit – о‘rmon va savanna oblasti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə52/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

3. Tropik kserofit – о‘rmon va savanna oblasti
Maydoni jihatdan avvalgi tuproq oblastidan kichikroq hududni egallaydi. Asosan sharqiy yarim sharda tarqalgan bо‘lib, Kongo daryo havzasidagi tropik nam о‘rmon oblasti atroflarini, Hindiston yarim orolining g‘arbiy qismlarini, Avstraliyaning shimolida yuqoridagi oblast bilan chо‘l о‘rtasidagi hududlarni о‘z ichiga oladi.
G‘arbiy yarim sharda bu oblast Antil orollarida, Venesuelada, San-Fransisko daryo havzasida, Braziliya va Paragvayning shimoli-sharq va janubi-g‘arbida hamda Andning tog‘oldi hududlarida tarqalgan. Mazkur tuproq oblastida ikkita tuproq zonasi ajratiladi: 1) kserofit о‘rmonlarning jigar rang – qizil tuproqlari; 2) quruq savannalarning qizil – qо‘ng‘ir tuproqlari.
Jigar rang – qizil tuproqlar qurg‘oqchil mavsum 6 oy atrofida davom etadigan, yog‘in 1000 mm atrofida yog‘adigan qurg‘oqchil tropik siyrak о‘rmonlar va butalar ostida paydo bо‘ladi. Jigar rang – qizil tuproqlarning mineral qismi asosan kaolinit guruhidagi minerallar ustuvor bо‘lgan ferralit tarkibdan iborat bо‘ladi. Tuproq gumus qatlamining qalinligi 25-30 sm, gumus miqdori esa 3-4 %, tuproq muhiti ishqorli (pH 5-6), mexanik tarkibi ancha og‘ir10.
Qizil –qо‘ng‘ir tuproqlar (quruq savanna) qurg‘oqchil mavsum 6 oy va undan kо‘p davom etadigan, yog‘in miqdori biroz kam (300-1000 mm) bо‘lgan maydonlarda shakllanadi. Bunda daraxtlar bargini tо‘kadi, о‘tsimon о‘simliklar quriydi, tuproq yuzasida о‘simlik qoldiqlarining tezkor minerallashish jarayoni sodir bо‘ladi. Quruq savannalarda alohida, odatda ancha yirik daraxtlar (baobab va b.) о‘t bilan qoplangan yuzadan baland kо‘tarilib turadi. Bu daraxtlarning ildiz tizimlari haddan tashqari keng rivojlangan va baquvvat. Ular daraxtlarni yilning qurg‘oqchil davrdan saqlashni ta’minlaydi. Yozgi namgarchilik davrda, qaysiki yillik yog‘inning 75 % dan ortig‘i yoqqanda quruq savanna yashillikka burkanadi, о‘t о‘simliklarining balandligi 1 m ga yetadi. Tuproq gumus qatlamining qalinligi 20-25 sm, gumus miqdori esa 1 % atrofida, tuproq eritmasi kuchsiz ishqorli.
Jigar rang – qizil va qizil – qо‘ng‘ir tuproqlar orasida qora subtropik tuproqlarning analogi bо‘lmish qora tropik tuproqlar ham uchraydi. Bu tuproqlar asosan kelib chiqishi vulqon jinslarda, kvarssiz chо‘kindi loyli, shuningdek ohakli jinslarda rivojlanadi. Ular og‘ir mexanik tarkibli, gumus qatlami yaxshi rivojlangan, qalinligi 1 m va undan ortadi, gumus miqdori 1-1,5 % ni tashkil etadi. Asosan Hindistonda, Afrikaning ekvatordan shimolida hamda Avstraliyada tarqalgan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin