C6H5-NH2+CHCl3+3 KOH — ► C6H5-N = C: + 3 H20 + 3 KCl Bu reaksiyadan birlamchi aminlarni sifatjihatidan aniqlashda (ajraladigan izonitrillarning hididan) foydalaniladi. Nitrit kislotaning ta‘siri. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi
aromatik aminlar nitrit kislota bilan turlicha reaksiyaga kirishadi. Birlamchi aromatik aminlar nitrit kislota bilan diazotirlash reaksiyasiga kirishib, arendiazoniy tuzlarini hosil qiladi.
Аг - NH2+NaN02 + 2 HX -------► [Аг - NJ X + NaX + 2 H2O Ikkilamchi alkilaromatik aminlar nitrit kislota ta‘sirida N-nitrozoaminlarni hosil qiladi. Mineral kislotalar bilan qizdirilganda N-nitrozoaminlarning nitrozo guruhi yadroning p-holatiga O’tadi (Fisher-Xepp qayta guruhlanishi).
Uchlamchi dialkilaromatik aminlar nitrit kislota ta‘sirida p - nitrozobirikmalarni hosil qiladi.
Aromatik aminlar halqasida boradigan elektrofi almashinish reaksiyalari -NH2, -NHR va -NR2 guruhlari aromatik halqa faolligini keskin oshirib, elektrofil rinbosarlarni orto- va para- holatlarga yo’naltiradi. Galogenlash. Aromatik aminlami galogenlash nihoyatda
tez boradi. Anilinga hatto bromli yoki xlorli suvta‘sirettirilganda ham galogen atomlari halqaning barcha orto- va paraholatlarini egallaydi. Monogalogenalmashingan arilaminlarni olish uchun oldin amino guruhni atsetillash bilan himoya qilinadi. So‘ngra amiguruhini gidrolizlab, kerakli amin olinadi.Nitrollash. Halqasi oksidlanishga juda sezgir aromatic aminlarni nitrat kislota bilan bevosita nitrolab blmaydi. Anilin nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda smolasimon oksidlanish mahsulotlari va azot oksidlari hosil bo‘ladi. Bu oksidlar esa anilinning oksidlanmasdan qolgan qismini diazotirlaydi. Shu bois anilin oldin atsetillanadi, so’ngra hosil bo’lgan anilid nitrolanadi. Bu reaksiyada asosan para izomerlar hosil bo’ladi. Atsetillashdan bunday foydalanish kpincha amino guruhni himoyalash deb ataladi. Haqiqatda bu usul bilan butun molekula oksidlanishidan himoya qilinadi.Sulfolash. Anilinni ml olingan suyultirilgan sulfat kislota bilan sulfolaganda o- va p- anilinsulfokislotalarning aralashmasi hosil boladi. Uni ekvimolekulyar miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota bilan sulfolaganda esa fenilammoniy sulfatihosil bladi. 200°C gacha qizdirilganda bu tuz dastlab N-fenilsulfamin kislotaga aylanadi. Sngra u p-anilinsulfokislota (sulfanil kislotaga) qayta guruhlanadi (sulfanil qayta guruhlanishi). Sulfanil kislota biqutbli ion holida mavjud bo’ladi.