Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə2/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

Adabiyotlar sharxi. Oʻzbekistonda soʻnggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Bu haqida Botanika Instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri (Phd) Ziyoviddin Yusupov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar beridi.
Yangi kashf etilgan oʻsimlikka - “Ranunculus tojibaevii” nomi berildi. Mazkur oʻsimlik - Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ayiqtovon turkumini turi hisoblanadi (lyutik). Yangi tur hozir faqat Oʻzbekistonda uchraydi - bu xildagi oʻsimlik turlari endemik deyiladi va ayiqtovon turkumi boʻyicha Oʻzbekistonda yagona endemik tur hisoblanadi”, deydi Ziyoviddin Yusupov.
Oʻsimlik nomi - OʻzRFA Botanika institutida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan va Oʻzbekistonda botanika sohasiga oʻzining mashaqqatli mehnati bilan ulkan hissa qoʻshgan akademik Komiljon Tojibayev Sharofitdinovich sharafiga qoʻyildi.
Aytish joizki, 2022 yil 1 aprelda OʻzRFA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va Biogeografiya laboratoriyasi, Oʻzbekiston Florasi laboratoriyasi xodimlari hamda xalqaro botanik olimlar hamkorligida Botanika sohasida mashhur “PhytoKeys” jurnalida Ayiqtovon turkumiga mansub boʻlgan mazkur turning Oʻzbekiston hududidan topilganligi va uni toʻliq Oʻzbekiston florasi uchun noyob endemik tur ekanligi haqida maqola chop etildi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, Ayiqtovon (Ranunculus) – ayiqtovon turkumiga mansub koʻp yillik va baʼzan bir yillik oʻsimliklar turkumi hisoblanadi. Barglari panjasimon boʻlma va oʻyma. Gullari sariq. Mevasi parcha, apokarp, quruq.
Mazkur turkumga kiruvchi Oʻzbekiston florasida topilgan eng oxirgi yangi tur 1941 yil aniqlagan edi. U “Ranunculus vvedenskyi” deb nomlangan edi.
I. BOB.
1.1. Yuksak o`simliklarning umumiy tavsifi
Er sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 bo`lsa, shundan 149 mln. km2 quruqlik, 361 mln. km2 suv muhitiga tug’ri keladi. Suv va quruqlikda hayvonlarning 1,5 mln. dan, o`simliklarning esa 500 mingdan ortiq turlari tarqalgan. SHulardan 200 minggi tuban o`simliklar, 300 minggi Yuksak o`simliklardir. Demak, Yuksak o`simliklar turlar sonining ko`pligi bilan birga, ularni turli xil geografik va ekologik muhitlarda eng issiq, sernam tropik hududlardan boshlab iqlimi sovuq bo`lgan joylarda ham uchratish mumkin. Bulardan tashqari tekislikdan tortib to tog’ va yaylov mintaqalarigacha tarqalgan. YUksak o`simliklar asosan quruqlikda yashashga moslashgan. Ularning ayrim turlari suv muhitida ham yashaydi.
Yuksak o`simliklar quruqlikka moslashar ekan, tuban o`simliklardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. Tanasining poya, barg va ildizga ajralganligidir. Ammo, bular ichida eng sodda vakillarida (yo`sinsimonlarda) ildiz o`rnida-rizoidlar, tanasi poya, bargga ajralmagan «tallom» tuzilishidagi vakillari xam uchraydi.
2. YUksak o`simliklarda suv va havo almashinishini (transpiratsiya va fotosintez) boshkaruvchi barg og’izchalarining bo`lishi , o`tkazuvchi to`qimalar, traxeidlar, traxeya, ksilema, floema va yo`ldosh xujayralarning bo`lishi. Keyinchalik mexanik to`qimalarning rivojlanishidir. Morfologik tuzilishi jihatidan esa turli xil moslamalar vujudga kelgan.
3. Bularda jinsiy ko`payish a`zolarning ko`p xujayrali tuzilganligidir.
4. Jinsiy ko`payish azolari: erkakligi-anteridiy, urg’ochiligi- arxegoniydan iborat.
5. YUksak o`simliklar hayotiy jarayonida doimo nasllar gallanishi-jinsiy nasl gametofitni, jinssiz nasl–sporofit bilan almashinishi kuzatiladi. YUksak o`simliklardan faqat yo`sintoifalarida gametofit nasl ustunlik qilsa, qolganlarida esa sporofit nasl ustunlik qiladi. Gametofit-jinsiy nasl bo`lib, unda anteridiy va arxegoniy etiladi. Ularni gametalarini qo`shilishi natijasida jinsiy ko`payish amalga oshadi. Gametofit bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli, bir jinsli bo`lishi mumkin.
Sporofit nasl- jinssiz nasl bo`lib, unda sporolar etiladi. Sporalar sporangiylarda hosil bo`ladi. Sporalar hosil bo`lishida sporangiylar ichida reduktsion bo`linish yoki meyoz natijasida sporalar gaploid to`plamga ega bo`lgan xromosomalarni hosil qiladi.
6. YUksak o`simliklarda zigotaning keyingi taraqqiyotida murtak (embrion)ning hosil bo`lishi va uning rivojlanish davomida sporofit hosil bo`lishi kuzatiladi.
7. YUksak o`simliklardan ochiq urug’li va yopiq urug’li (guli o`simliklar) o`simliklarda spora o`rnida urug’ hosil bo`ladi. SHuning uchun ham ularni «urug’li o`simliklar» deb ataladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin