Tabiiy fanlar fakulteti


Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə4/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

1.3. Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi
Magnoliyatoifa Magnoliyatoifa Yer yuzida Magnoliyatoifalarning 2 ta sinfi Magnoliyasimonlar (Ikki urug`pallali va Lolasimonlar), 533 oila va 13000 turkumga mansub 250000 taga yaqin lurlari mavjud. O'zbekistonda 138 ta oila, 1023 ta turkum, 4500 ga yaqin turlari uchraydi.
Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida rus olimi akademik A.L.Taxtadjyanning sistemasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan luzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ga yaqin turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan.
Magnoliyasimonlarning urug'Iari ikki urug'pallali, Lolasimonlarniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'Iari bir urug'pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Primulaceac) lardan Siklamen (Ceclamen) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki urug'pallali ekanligi aniqlangan.
Magnoliyasimonlar (Magnoliopsida) sinfi — bu sinfning muhim va o'ziga xos xususiyati muitagining ikki urug'pallali bo'lishidir. Ammo kamdan-kam hollarda urug'pallalar 1 ta yoki 3-4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba'zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba'zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog‘i va o'zagi aniq shakllangan. Murtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a'zoli (jag'-jag, qurttana, zubturum) bo'lib, ba'zi turlaridagina 3 a'zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba'zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida).

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin