Tabiiy fanlar fakulteti


O‘rmalovchi ayiqtovon-(Ranunculus repens L.)



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə9/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

O‘rmalovchi ayiqtovon-(Ranunculus repens L.) Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae Juss) oilasiga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’t o‘simlik.
Ildizpoyasi juda kalta, undan popuksimon ildizchalar chiqadi. Bo’yi 15–70 sm. Poyasi yerbag’irlab yoki yerdan bir oz ko’tarilib o’sadi. Barglari bandli, 1–2 marta 3 bo’lakka ajralgan. Gullari oltin sariq rang.

Ikki jinsli, qo’sh gulqo’rg’onli. Kosachabargi 5 ta, tojbargi 5 ta, sariq doria bo’lib joylashgan. Har qaysi tojbargning ostida shiradon chuqurchasi bor. Otaligi ham, onaligi ham ko’p, spiral bo’lib joylashgan. Tugunchasi ustki. Mevasi bir urug’li yong’oqchalardan iborat, shirasimon to’pmeva. Tarkibida zaharli animonol bor.
Dala ayiqtovoni – (Ranunculus arvenis L). Hayot shakliga ko‘ra bir yillik terofil o’simlik. Poyasining balandligi 10–30 sm, tuksiz, ko’p marotaba shoxlangan, meva yetilish davrida guldor poyalari o’sib chiqadi. Pastki barglari bandli, butun tekis teskari tuxumsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, asosi lolasimon, uchida uch tishli yoki qirqilgan, tezda qurib qoladi. Qolgan barglari bir yoki ikki marta ponasimon, nashtarsimon uchta bo’lakka qirqilgan, tishchali yoki tekis qirrali. Guldor poyasi siyrak, yotiq tuklar bilan qoplangan, nozik va ko’pincha egilgan. Guli och sariq, 8 mm enlilikda, kosachabarglari har tomonga tarvaqaylagan, tukli. Tojbarglari cho’ziq tuxumsimon, kosachabarglari ancha uzun. Mevasi yulduzsimon, 4–10 tagacha, nozik 7–8,5 mm uzunlikda, tumshuqchali, teskari tuxumsimon, biroz yassiroq yon tomonlari va chetlari tikanlar bilan qoplangan. Kam hollarda g’adir–budir. Tumshuqchali 3–5 mm uzunlikda tekis yoki biroz qayrilgan, tishsimon, tig’simon o’tkirlashgan yug’onroq. Aprel–may oylarida gullab, mevasi yitiladi.

Kimyoviy tarkibi: sianogen birikmalar: trigloxini, durrin, flavonoidlar, j– lakton, 0,58% gacha parotoanimonun 1,71% ranunkulin. Yer ustki organlar, alkoloidlar, vitamin C, karotin, j–lakton: 0,28% gacha protoapsmonin. Bargida girolizatdagi flavonoidlar: 0,5% dan ko’proq kvarsetin, 0,5% ranukulin. Gulida flovonoidlar; 20,4% yog’ moy, yog’ kislotalari; oliin, lind, linolik. Ahamiyati: bargli antibakterial xususiyatiga ega.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin