Tabiiy fanlar fakulteti


Magnoliyanamolar tartibi (qabilasi)



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə5/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

Magnoliyanamolar tartibi (qabilasi) — Magnoliales Daraxt yoki
butalardan iborat, barglari navbat bilan joylashgan, butun, yon bargchali va ular odatda qo'shilib o'sgan, ba'zan yon bargchasiz, patsimon tomirlangan. Yog'ochligida traxeidlardan tashqari narvonsimon yoki oddiy perforatsiyali naylar ham mavjud (ba'zi magnoliyalarda). Gullari bittadan yoki to'pgulda o'rnashgan, yirik, ikki jinsli. Changchilari ko'p, yassi tasmasimon ipchali. Urug'chi odatda ko'p, apokarp-mevachibarglari (karpellalari) ning asosi qisman tutash. Mevalari turlicha, ammo asosan to'p bargak. Urug'larida endosperm asosiy qismni egallagan, murtagi esa juda mayda. Magnoliyanamolar (Magnoliales) qabilasining ajdodlari gullarida qubba strobila tuzilishining belgilari saqlangan. Gul qismlarining soni noaniq, ko'p va spiralsimon, erkin joylashgan, shu bois unga qadimgi gulli o'simlikning vakili deb qaraladi. Hozirgi sistemaga ko'ra magnoliyanamolar qabilasiga 3 ta oila birlashtiriladi: Degeneriyadoshlar (Degeneriaceae), Gimantandradoshlar (Himantandraceae) va Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae).
Magnoliyadoshlar oilasi — Magnoliaceae
Oilaning 12 turkumga mansub 240 ta turi mavjud. Asosan Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik iqlimli qadimiy daraxtlarga boy hududlarida tarqalgan, Ular doim yashil yoki barglarini to'kuvchi daraxt va butalardan iborat. Magnoliya (Magnolia) murkumi. 78 ta turi mavjud bo'lib, asosan Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani bo'yi hududlarida, qisman JanubiSharqiy Osiyoda tarqalgan. Barchasi yirik bargli, keng shox-shabbali daraxtlardir. Ularaing bir nechta turlari manzarali daraxtlar sifatida o'stiriladi. Shujumladan yirik guli magnoliya (Magnolia grandiilora) diqqatga sazovordir. Vatani — Florida, Qrimda, Kavkazda ko'plab ekiladi, qisman O'zbekistonda ham o'stiriladigan bo'yi 30 m gacha yetadigan daraxt. Bundan tashqari, O'zbekistonda yulan magnoliya (M. yulan) o'stiriladi, vatani — Xitoy, kuzda bargini to'kadi, bahorda barg chiqarmasdan oldin gullaydi, guli oq pushti, hidsiz, Toshkent ko'chalarida, gulzorlarda o'stiriladi.
Magnoliaceae оilasi Liriodendron turkumi Liriodendron tulipifera L. –
(Лириодендрон тюльпановый, или тюльпанное дерево Lola daraxti). Lola daraxtining vatani Shimoliy Amerika, bo'yi 60 metrgacha yetadigan, barglari 4 bo'lakli, uchi yirik, o'yilgan, guli to'q sariq, gullojining asosi qora dog'li va shaklan lola guliga o'xshash chiroyli manzarali daraxt. O'zbekistonda (Samarqand, Toshkent, Farg'ona) 1876- yillarda ekilgan.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin