Kurs ishining maqsadi va vazifalari:
Bu mavzu orqali, nartiyning davriy sistemadagi o’rnini va atom tuzilishini, tabiatda tarqalishini, fizik va kimyoviy xossalarini, uning birikmalarini tabiatda tarqalishini, birikmalarini fizik va kimyoviy xossalarini, ularga qisqacha ta’rifni o’rganishimiz mumkin. Eng muhimi bu mavzu orqali natriy yodidga qisqacha ta’rif, uning turli usullar bilan olinishini, qanday sohalarda ishlatilishi va hayotimizdagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari natriy yodidning turli xildagi birikmalari haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga ham ega bo’lamiz.
ll. Asosiy qism
2.1 Natriy va ular birikmalari haqida umumiy tushuncha
Natriy (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium),- kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm³ (20°Cda), suyuqlanish temperaturasi 97,83°C, qaynash temperaturasi 882,9°C. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va H2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt,uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.
Na — Mendeleyev davriysistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim Metall holidagi Natriyni 1807-yilda ingliz olimi Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan.
Tabiatda uchrashi. Nartiy tabiatda keng tarqalgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda nartiy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5t natriy bor. Natriy tabiatda faqat birikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz,galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO4×10H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF×AlF3, natriy tetraborat. Bundan tashqari, Natriy Sa, Sr, Ba, Mg, Al va nodir elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |