Molekulyar og’irlik—149,89 g / mol
Erish harorati—661 ° C
Qaynatish harorati—1304 ° C
Zichlikgi –3.67 g / sm3
Suvda juda yaxshi eriydi: 25 °C da 184 g / 100 ml suv. Spirtda eriydi: 42,57 g / 100 ml spirt. Asetonda eriydi: 39,9 g / 100 ml aseton. pH 8-9,5 (uni barqarorroq qilish uchun ozgina kislota qo‘shib tayyorlanadi).
Kimyoviy xossalari.
Natriy yodidi natriy va yod hosil bo’lishi bilan 1400Cdan yuqori haroratda
parchalanishi:
2Nal = 2Na + l2
Sovuq natriy yodidi xlor bilan o’zaro ta’siri:
2NаI + CI2 = 2NаCI + I2
Qattiq natriy yodidi sulfat kislota bilan30-500Сda reaksiyaga kirishadi.
Reaksiya tenglamasi quydagicha bo’ladi:
8NaI + 9H2SO4 = 4I2 + H2S + 4H2O + 8NaHSO4
Olinish usllari.
Natriy yodidni issiq natriy gidroksid, vodorod peroksid va yod, nartiy yodid,
kislorodli gaz va suvning o’zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
2NaOH + I2 + H2O2 = 2NaI + O2 + 2H2O
Agar natriy gidroksid sovuq bo’lsa va unga yod bilan birga vodorod sulfidli gaz qo’shilsa, u holda bu reaksiya natijasida natriy yodidi, oltingugurt cho’kmasi va suv hosil bo’ladi:
2NaOH + I2 + H2S = 2NaI + S + 2H2O
150-2000C haoratda natriy va bromning o’zaro ta’sirida natriy yodidi hosil
bo’ladi:
2Na + I2 = 2NaI
Suyultirilgan natriy gidroksid eritmasi azot atmosferasida temir yodidi bilan
reaksiyaga kirishadi. Bunday holda, natriy yodidi vat emir gidroksidi cho’kmasi hosil bo’ladi:
2 NaOH + FeI2 = 2NaI + Fe(OH)2
Dostları ilə paylaş: |