Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 99,56 Kb.
səhifə6/10
tarix17.11.2022
ölçüsü99,56 Kb.
#69628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-YOSHLAR FIZIOLOGIYASI VA GIGIENA

3) “Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o’z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo’ylab bir-biriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o’zlariga qaytib keladi. Guruhlar o’z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi.
4) «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.
5) «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o’rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko’rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi.
6) «Muammo» usuli. Dastlab muammoli videolavha ko’rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin ularning echimlarni o’zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo’yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi.
7) «Labirint» usuli. O’qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo’lib undan chiqish yo’li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o’rganiladi va taqdimot o’tkaziladi.
8) FSMU usuli. Talabadan o’z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko’rsatish; M – sababni asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish.
9) «Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o’rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o’rtasida muloqot bo’lib o’tadi. O’qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo’naltirib boradi va oxirida o’z munosabatini bildiradi.
Mustaqil ta’lim shakllari
Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo’yicha o’qituvchi rahbarligida (O’RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 99,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin