Tabiiy gazlar tarkibidagi nouglevodorod qo’shimchalar va ularni gazning ekspluatatsion xossalariga ta’siri


Adabiyotlar tahlili va metodologiya



Yüklə 92,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix25.12.2023
ölçüsü92,04 Kb.
#196229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiiy-gazlar-tarkibidagi-nouglevodorod-qo-shimchalar-va-ularni-gazning-ekspluatatsion-xossalariga-ta-siri

Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Tabiiy va neftning yo’ldosh gazlari o’z tarkibiga nordon gazlar (
), 
suv bug’lari, mexanik qo’shimchalar (qum, quvurlar okalini va sh.k.) oz miqdorda 
mashina moyi, neft va uglevodorodli kondensat saqlaydi. 
Tabiiy gaz tarkibidagi keraksiz kimyoviy qo’shimchalrga – oltingugurt 
saqlovchi zaharli va korrozion tajovvuzkor birikmalar, ugleroq dioksidi shuningdek, 
uglevodorodli gazning yonish issiqligini pasaytiruvchi yonmaydigan inert gazlar 
mansub. 
Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta’sir namoyon 
qilib, katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sul’fidi va uning yonish mahsulotlari 
zaharli sanalib, tevarak atrofga zararli ta’sir o’tkazadi. 
Gazda suv bug’larining bo’lishi muayyan sharoitlarda (harorat pasayishi va 
bosim oshishida) gaz gidratlarini hosil bo’lishiga sabab bo’lib, quvur, ventil va 
boshqa jihozlarning berkilib qolishi (ayniqsa qishki mavsumda) oqibatida halokatli 
holatlar yuzaga keltiradi. 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 
128 
Gazdagi suyuqlik tomchilari va mexanik qo’shimcha gaz komponentlarining 
harakatchan qismiga zarbali ta’sir ko’rsatib, gazni kelgusi qayta ishlashni 
qiyinlashtiradi, quvur va jihozlarda tiqin hosil qilib, me’yoriy ishlashining buzilishiga 
sabab bo’ladi. 
Gaz quvuruzatkichlari, kompressorlar va gazni qayta ishlash qurilmalarning 
me’yorda ishlashini taminlash uchun gazlarning tarkibidagi qo’shimchalar va 
namlikdan tozalash talab etadi. 
Gaz tarkibida suv bug’lari, N
2
, CO
2
, H
2
S va meхanik zarralar kabi 
qo’shimchalarni tozalash GQIZ ga uzatishda bir qator salbiy holatlarga olib keladi. 
Chunki, gazlar sovutilganda yoki, bosimi oshirilganda bug’simon namlik 
kondensatsiyalanishi va ozod suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin. 
Gazsimon yonilg’ilar siqilgan va suyultirilgan ko`rinishda ishlatiladi. Kritik 
harorati havo haroratidan yuqori bo`lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan 
suyuq holatga o`tadi. Bunday gazlar - suyultirilgan gazlar deyiladi (Masalan, 
haroratda propanni suyuq holatga o`tkazish uchun 
, butan uchun 
bosim talab qilinadi). 
Qayta ishlash va uaztishga yuborilayotgan tovar gazning sifat ko’rsatkichlariga 
qo’yiladigan talablarning keskinlashishi hamda gazli xomashyo tarkibidagi nordon 
komponentlar miqdorini xalqaro standartlar talablariga qadar kamaytirish zaruriyati, 
gazlarni tozalash tizimini takomillashtirsh hisobiga tayyorlanadigan tovar gaz 
tannarxini kamaytirish, gazlarni tozalash va quritish jarayonlarida qo’llaniladigan 
sorbentlar, ingibitorlar va boshqa turdagi reagentlarni mahalliylashtirishni ko’zlab, 
neft va gaz kimyosi sanoati tarmoqlarini tubdan isloh qilish va undagi uglevodorodli 
xom ashyoni samarali qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish maqsadida mavjud 
texnologiyalarning zamonaviy, energiya va resurs tejamkor hamda chiqindisiz 
texnika va texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich almashtirishni talab qiladi. 
Gazni qazib olish va uzatishda bosimning bosqichma-bosqich kamayishi 
namlikka to’yingan gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda 
tabiiy gaz molekulasi suv bilan o’zaro ta’sirlashib qattiq kristal zarralarni hosil qiladi. 
Bundan tashqari, tabiiy gazlardagi singari issiqlik ajralib, tizimdagi harorat 
ko’tariladi. Hajm doimiy qolgani bois, harorat oshishi bilan tizimda bosim o’sadi. 
Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari 
hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega, 
ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug’diruvchi nordon 
gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi. 
Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta’sir namoyon 
qilib, katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sul’fidi va uning yonish mahsulotlari 
zaharli sanalib, tevarak atrofga zararli ta’sir o’tkazadi. 



Yüklə 92,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin