Tabiiy gazlarni ajratish


Past temperaturali kondensasiyalash teхnologik tizimi



Yüklə 55,76 Kb.
səhifə3/6
tarix16.04.2023
ölçüsü55,76 Kb.
#99012
1   2   3   4   5   6
Tabiiy gazlarni ajratish

Past temperaturali kondensasiyalash teхnologik tizimi Bunda og’ir uglevodorod bilan birga suv ham kondensasiyalanadi. Bir vaqtda gaz tozalanadi va quritiladi, suv va uglevodorod bo’yicha shudring nuktasi pasayadi. Separator 1 da tomchi suvlari ajraladi. So’ngra gazga glikol qo’shiladi va 2 – sovutkichda sovutiladi. Gaz glikol va kondensat separator 3 da ajraladi. Quruq gaz yuqoridan. Pastdan glikol va uglevod kondensati turli (-) (+) chiqariladi. Suvlangan glikol 4 regeneratorga uzatiladi. Undan suv bug’lanadi.
Tabiiy gaz tarkibining katta qismini metan tashkil etadi. Metan asosan yoqilg’i gazi sifatida ishlatiladi. Etan etilen olishda plastik massalar, PAV.
Propan neft kimyosi хom-ashyosi, maishiy va motor yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Gidratlar bosim pasayishi va temperatura ortishi bilan suv va gazga ajraladi. Gazlarni quritish va nordon komponentlardan tozalash.

  1. Past temperaturali separasiyalash (NTS)

  2. Absorbsiyaga va adsorbsiya tozalash va quritish jarayonlari mavjud.

NTS – konlarda gaz tarkibida kondensat va namlikni past temperaturalarda ajratish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Bu qurilmalar ishlash prinsipi Djoul’ Tomsonning drossel effekti natijasida bosimlar farqiga asoslangan.
Drossellash - gazni ventil, drossel teshiklari orqali o’tishida bosimdan pasayishi (adiabatik jarayon V=const). Real gazlarda drossellashda molekulalar ichki o’zaro ta`sir kuchlariga qarshi ish bajarishi va hajmiy energiya o’zgarishi hisobiga gazdan ichki energiyasi va temperaturasi o’zgaradi (pasayadi). Natijada bir qism uglevodorodlar va suv bug’lari kondensasiyalanadi3.
Gaz kondensatlari. Gaz konlaridan olingan gaz yonilg’ilari tarkibida ko`pincha uglevodorodlarning ancha og’ir fraksiyalari mavjud bo`ladi, ular gaz bosimi ortganda va harorati pasayganda oson suyuqlanadi. Gaz kondensatlari deb atalmish ushbu fraksiyalar neft mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
O`rta Osiyo gaz konlaridan olinadigan 1m3 gazning tarkibidan 15-170 sm3 suyuq gaz kondensatlari olinadi. Albatta, gaz kondensatlarini IYoDlarni deyarli qayta o`zgartirmagan holda qo`llash maqsadgà muvofiq, bo`ladi. Gaz kondensatlarini qo`llash dvigatelning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini suyuq yonilg’ilarga nisbatan pasaytirmasligi lozim. Gaz kondensatlarining muhim tomoni ishlab chiqarishniíã arzonligi, saqlaganda xossalarining o`zgarmasligi, xususiyatlari va tarkibining doimiyligidadir. O`rta Osiyo mazkur yonilg’ilarni eng ko`p yetkazib beradigan mintaqa bo`lib, nafaqat o`z talablarini, balki Ural, Qozoqiston va Markaziy Osiyo hududlarni ham ta`minlaydi. Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida uchqun bilan yondiriladigan IYOD talablariga javob beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda qo`llash mumkin bo`lgan og’ir gaz kondensatlari mavjud bo`ladi. O`rta Osiyo regioniga mansub bo`lgan bu ikki turkum gaz kondensatlarining ba`zi bir xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. qar ikki turkum uchun umumiy jiqatlar shuki, gaz kondensatlari tarkibida cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften qamda parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan.
Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu o`z navbatida ichki yonuv dvigatellarini IYOD ta`minlash tizimida bug’ tiqinlari paydo bo`lishiga moyillikni kuchaytiradi.
Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, zamonaviy ichki yonuv dvigatel (IYOD) larning ta`minlash tizimida bug’ tiqinlari hosil bo`ladigan harorat mashinalarning O`rta Osiyo sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatdan biroz yuqori bo`lar ekan.
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo`lmagan antidetonatsion xususiyatlarga ega bo`lib, ularning oktan soni 54-58 oraliqida bo`ladi. Biroq, TÝS qo`shish hisobiga gaz kondensatlarining oktan sonini o`rta sifatli benzinlarnikiga tenglashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy IYODlar talab qilinadigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo`lgan talabni 50-60 % kamaytiradi.
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarnikiga yaqin bo`lganligi uchun IYOD ta`minlash tizimini konstruktiv jiqatdan o`zgartirish talab qilinadi. Maxsus tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug’lanish tufayli) yuqori emasligini ko`rsatdi. Jadvalda gaz kondensatlarining ba`zi xossalari keltirilgan.

Yüklə 55,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin