Tabiiy gazni qayta ishlash mahsuloti asosida aromatik karbon kislotalarning murakkab vinil efirlari sintezi



Yüklə 48,17 Kb.
səhifə1/7
tarix20.07.2023
ölçüsü48,17 Kb.
#136944
  1   2   3   4   5   6   7

Стр. из



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

UDK: 547.315.661.744.741.661.847.9.314.143




TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH MAHSULOTI ASOSIDA AROMATIK KARBON KISLOTALARNING MURAKKAB VINIL EFIRLARI SINTEZI
TURSUNOV SHAVKATJON SHOKIRJON O‘G‘LI


5A140503- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
Mutaxassisligi


Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA


Ilmiy rahbar:
PhD. Parmanov Asqar Bosimovich
TOSHKENT-2022
ANNOTATSIYA
Magistrlik dissertatsiya mavzusi “Tabiiy gazni qayta ishlash mahsuloti asosida aromatik karbon kislotalarning murakkab vinil efirlari sintezi”
Dissertatsiyaning asosiy yo‘nalishi tabiiy gazni qayta ishlash sanoati ikkilamchi mahsuloti vinilatsetat asosida turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini katalizator ishtirokisiz sintezini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda keltirilgan karbon kislotalarning vinil efirlari 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin (CDMT) ishtirokida rux triftormetil-sulfonat (Zn(OTf)2), 3,3′-difenilbinaftolat dilitiy (3,3′-Ph2BINOL-2Li), uchlamchi kaliy butilat (KOtrBu), butillitiy (BuLi), yordamida vinilatsetatdan sintez qilish, mahsulot unumiga boshlang‘ich moddalar tabiati, harorat, reagentlar tabiati va miqdori ta’sirlari aniqlanadi. Sintez qilingan vinil efirlarning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinadi, vinilatsetat asosida aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilish jarayonini kompyuter dasturlari yordamida kvant-kimyoviy hisoblashlari va biologik faolliklarini aniqlash amalga oshiriladi.
Aromatik karbon kislotalarning vinil efirlari xususan, vinil benzoat biomateriallar, qoplama materiallari, kleylar, tibbiy mahsulotlar, qog‘oz qoplamalar, bo‘yoq sanoatida, qurilish materiallari, organik sintez va farmatsevtika kimyosi sanoatida amalda keng qo‘llaniladi. Karbon kislotalarning murakkab vinil efirlari turli sohalarda keng miqyosda ishlatiladi. Ushbu turkum moddalardan sirka kislotaning vinil efiri – vinil atsetat olinishi o‘rganilgan va sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga erishilgan. Lekin, turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini vinilatsetat asosida olish adabiyotlarda kam o‘rganilgan. Vinilatsetat asosida aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilish jarayonini o‘rganish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Yüklə 48,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin