Tabiiy gazni qayta ishlash mahsuloti asosida aromatik karbon kislotalarning murakkab vinil efirlari sintezi


Tadqiqot ishining obyekti va predmeti



Yüklə 48,17 Kb.
səhifə4/7
tarix20.07.2023
ölçüsü48,17 Kb.
#136944
1   2   3   4   5   6   7
Tadqiqot ishining obyekti va predmeti. Tadqiqot ishining obyekti sifatida neft-gaz sanoatida qayta ishlashda hosil bo‘ladigan mahsulotlar, turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalar, gomogen katalitik sistemalar, karbon kislotalarning vinil efirlari olindi.
Ishning predmeti esa vinilatsetat, 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin, N-metilmorfalin, 3,3′-difenilbinaftolat dilitiy (3,3′-Ph2BINOL-2Li), rux triftormetil-sulfonat (Zn(OTf)2), kaliy uchlamchi butilat (KOtrBu), butillitiy (BuLi), TGF, benzoy, 4-uchlamchi butil benzoy, 4-metil benzoy, 2-brom benzoy, 4-brombenzoy, 3-nitrobenzoy, 4-nitrobenzoy kislotalar va ularning vinil efirlaridan iborat.
Ishning maqsad va vazifalari. Turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarni katalizatorsiz muhitda gomogen sharoitda vinilatsetat bilan reaksiyasidan vinil efirlari sintezi jarayonini o‘rganish, sintez qilingan birikmalarning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish, vinilatsetat asosida aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilish, sintez qilingan moddalarni kompyuter dasturlari yordamida kvant-kimyoviy hisoblashlari va biologik faolliklarini amalga oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi va bajarildi:

  • Ayrim yangi turdagi aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida Zn(OTf)2/TGF, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/TGF, KOtrBu/TGF sistemalar yordamida vinilatsetatdan sintez qilish yo‘llarini ilmiy asoslash;

  • qo‘llanilgan Zn(OTf)2/TGF, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/TGF, KOtrBu/TGF sistemalarning aromatik karbon kislota vinil efirlarining tozaligi, unumi va hosil bo‘lish samaradorligiga ta’sirini kuzatish va tahlil qilish orqali ularning katalitik faollik qatorini yaratish;

  • reaksiyalarning borishi va mahsulot unumiga reagent, harorat, boshlang‘ich aromatik karbon kislotalar tuzilishi, tabiati hamda mol miqdori ta’sirlarni tahlil qilish, karbon kislota vinil efirlarini sintez qilishning nisbiy samaradorlik qatorini topish, olingan natijalarni ilmiy asoslash;

  • aromatik karbon kislota vinil efirlarini xususiy fizik kattaliklarini, tuzilishi, tarkibi va tozaligini zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullaridan IQ-, 1H-, 13C-spektroskopiya va xromato-mass-spektrometriyalar yordamida isbotlash;

  • vinilatsetat asosida aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilish jarayonini kompyuter dasturlari yordamida sintez qilingan moddalarni biologik faolligini va va kvant-kimyoviy hisoblashlari amalga oshirishdan iborat


Yüklə 48,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin