III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI...................................................................................
3.1. Vinilatsetat asosida aromatik karbon kislotalarning vinil efirlari sintezi............................................................................................
48
3 bob bo‘yicha xulosa
62
IV BOB. SINTEZ QILINGAN MODDALARNING ELEKTRON TUZILISHI, KVANT-KIMYOVIY HISOBLARI VA BIOLOGIK FAOLLIGI..............................................................
4.1. Qo‘llanilgan va sintez qilingan birikmalarni kvant-kimyoviy hisoblashlari.................................................................................
64
4.2. Sintez qilingan vinil efirlarning biologik faolligi........................
KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamizda tabiiy gaz komponentlarini qayta ishlash orqali zaruriy mahsulotlar olish rivojlangan yo‘nalishlardan hisoblanadi. “Navoiyazot”, “SHo‘rtangaz kimyo majmuasi” va “Ustyurt gaz kimyo majmuasi” uglevodorodlar pirolizi orqali olefinlar va ulardan polimerlar olishga yo‘naltirilgan gigant korxonalardan hisoblanadi. Atsetilen neft, gaz va uglerodni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan asosiy mahsulotlardan biridir. “Navoiyazot” OAJda metanni piroliz qilib atsetilen olinmoqda. Uning asosiy qismidan sanoat miqyosida vinilatsetat ishlab chiqariladi.
Karbon kislota vinil efirlaridan organik sintezda, to‘qimachilik, teri, qog‘oz, yog‘ochlar uchun bo‘yoq sifatida hamda bunday birikmalar melanin pigmenti uchun ingibitor bo‘lganligi uchun kosmetikada, soch terapiyasida davolovchi preparatlar tayyorlanadi. Gialuron kislota vinil efiri xujayra faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatishi orqali to‘qima va yaralarni qayta tiklanishida tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari vinil efirlar polimer sanoatida sopolimer olishda monomerlar sifatida, ularning sopolimerlari esa issiqlikka chidamliligi, kraton kauchuk kabi elastik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli tibbiyotda tibbiy probirkalar va boshqa jihozlar tayyorlashda foydalaniladi. Ushbu polimerlar asosida yaratilgan tibbiy probirka va jihozlar radio chastotasi, ultratovush to‘lqinini o‘tkaza olishi va avtoklavda 250 °S haroratgacha chidamliligi bilan ahamiyatga egadir. Vinil efirlar rezina-kauchuk sanoatida rezinani mexanik va kimyoviy moddalarga chidamliligini oshirish uchun bog‘lovchi agentlar sifatida ham ishlatiladi.
Vinil efirlar ishlatilishi keng imkoniyatlarga ega bo‘lsada, sintez qilishdagi yuzaga keladigan qiyinchiliklar ularni qo‘llash sohasidagi imkoniyatlarni cheklaydi. Hozirgi vaqtda vinil efirlarni olishning qulay usuli karbon kislotalarni atsetilen bilan vinillash reaksiyasi orqali sintez qilish hisoblanadi. Ammo atsetilenning portlovchanlik xususiyati, reaksiya sharoitlarining murakkabligi va kislotali muhitda olib borilishi natijasida metall uskunalarning korroziyasiga sabab bo‘lishi vinil efirlarni sintez qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Vinil efirlar hosil qilishning keng qo‘llaniladigan usullaridan yana biri katalizator sifatida reniy, palladiy, ruteniy va simob atsetat ishtirokida karbon kislota va vinil atsetat o‘rtasidagi vinil almashinish reaksiyasi orqali sintez qilish hisoblanadi. Lekin katalizator sifatida qimmatbaho metall birikmalarining ishlatilishi va simob birikmalarining zaharliligi sababli ko‘p qo‘llanilmaydi. Vinil efirlarni katalizator ishtirokisiz karbon kislotaga vinilatsetat ta’sir ettirib olish muhim vazifalardan hisoblanadi. Vinil atsetatning vinil guruhini aromatik karbon kislotalarga kiritilishi vinil efirlarni xavfsiz va samarali usulda sintez qilishni ta’minlaydi.
Bugungi kunda ishlatiladigan vinilatsetat va vinil benzoatdan tashqari vinil efirlarning ko‘pchiligi sanoat miqyosida ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun sanoat mahsulotlari asosida turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini vinilatsetatdan sintez qilish, ishlab chiqarishni unga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.