1.3 Aromatik karbon kislotalarni alkinlar bilan vinillash reaksiyalari Alkinlarning kobalt katalizatori ishtirokida yuqori regio- va stereoselektiv gidro-oksikarbonillanishi adabiyotlarda berilgan. Terminal va ichki alkinlar karbon kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, yuqori unum bilan murakkab vinil efirlari olingan. Co(BF4)2, tridentat fosfin ligand va ruxdan hosil bo‘lgan katalizator mos keladigan kobalt/difosfin kompleksiga qaraganda ancha yuqori faollikni namoyish etadi. Ushbu o‘zgarishda katalizator sifatida simob tuzlari birinchi bo‘lib ishlatilgan bo‘lsa-da, ularning yuqori toksikligi uning qo‘llanilishini cheklaydi. Turli xil oraliq metallari, shu jumladan Ru, Pd, Rh, Ir, Re, Au va Ag bu reaksiyada turli mexanizmlar bilan ishlatilishi mumkin va mahsulotlarda turli xil selektivlikka olib keladi. Biroq, bu metallarning barchasi qimmat va barqaror emas. Shunday qilib, bir xil mahsulotlarni yer yuzida keng tarqalgan 3d oraliq metall katalizatorlari yordamida sintez qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. So‘nggi o‘n yillikda kobalt katalizatori ishtirokida organik reaksiyalar sezilarli yutuqlarga erishdi. Qimmatbaho metallarni nafaqat oddiy almashtirish, balki yaxshi reaktivlik va turli xil selektivliklarni ham namoyon qilishi mumkin. Alkinlarni vinil guruh sifatida kiritish uchun kobalt-katalizlangan gidrogenlanish, gidroborlanish va gidroksillanish yaxshi o‘rganilgan, bunda Co(I)-H oraliq mahsuloti ishtirok etadi va kobalt katalizatorlarining yuqori reaktivligini saqlab qolish uchun qaytaruvchi gidrid reagenti mavjud. Biroq, alkinlarga kislotali HX molekulasi qo‘shilishi juda kam uchraydi, chunki Co(I)-H proton ishtirokida parchalanadi. Xitoylik olimlar J. Chen va Ch. Li tomonidan murakkab efirlarini sintez qilish uchun kobalt/trifosfin ligand kompleksi katalizatori ishtirokida terminal va ichki alkinlarga karbon kislotalarning birikishi o‘rganilgan. Bunda namunaviy substratlar sifatida 1-detsin va benzoy kislota bilan o‘rganish boshlangan.
Результаты относятся только к объектам, прошедшим испытания. Запрещается воспроизводить протокол испытаний полностью или частично без разрешения Руководителя Испытательного Центра.