Ishning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida TGF eritmasida Zn(OTf)2/TGF, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/TGF, KOtrBu/TGF bilan vinilatsetatdan sintez qilinadi;
aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilish uchun tanlangan Zn(OTf)2/TGF, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/TGF, KOtrBu/TGF reagentlarning nisbiy faollik qatori taklif etildi;
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Adabiyotlarda alifatik, aromatik va geteroaromatik karbon kislotalarning vinil efirlari vinilatsetat asosida vinil guruhining almashinish reaksiyasidan sintez qilingan. Jarayon turli katalizatorlar ishtirokida amalga oshirilgan. Reaksiya borishiga turli omillar ta’siri tadqiq qilingan. Lekin turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida Zn(OTf)2, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi, KOtrBu, TGF ishtirokida vinilatsetatdan sintezi amalga oshirilmagan.
Tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda gomogen-kataliz, YuQX, IQ-, 1H va 13C-YaMR spektroskopiya, Xromato-mass spektrometriya usullari hamda kvant-kimyoviy hisoblashlar usullardan foydalaniladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida Zn(OTf)2/TGF, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/TGF, KOtrBu/TGF reagentlar yordamida vinilatsetatdan sintezi jarayonini tadqiq qilish, jarayonda aromatik karbon kislotalarining vinil efirlari hosil bo‘lishini aniqlash ishning nazariy va amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |