Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik o‘simliklarning hammasi ko‘p yillik o‘t o‘simliklarining tuproq ustki qismlari nobud bo‘ladi. Qish qattiq kelgan yillarida ko‘p yillik daraxtlar, yumronqoziqlar, yomg‘ir chuval changlari, qushlar orasida ham nobud bo‘lgan organizmlarni ko‘rish mumkin. Qishda suv usti qalin muz bilan qoplanishi tufayli suvda erigan kislorodning kamayishi hisobiga baliqlar ham halok bo‘ladi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘plab nobud bo‘lishi namlikning yetishmasligi oqibatidandir. Tirik mavjudot-
44-rasm. Bir turga kiruvchi daraxtlar orasidagi raqobat.
. Tur ichidagi kurash: 1—kiyiklar; 2—fillar; 3—zebralar.
lar anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga bardosh bergandagina yashab qolishi va nasl berishi mumkin.
Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi. Ular madaniy o‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqa o‘simliklar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos etiladi. Za- rarkunanda hasharotlar — xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va h.k.larga qarshi kurashda mikrofanus, oltinko‘z, trixogramma, afelinus, tugmacha qo‘ng‘izlar (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq, chittak va bosh- qalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqor i hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi.
Tabiiy tanlanish
Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Modomiki shunday ekan, u holda qanday organizmlar yashab qolib, qandaylari halok bo‘ladi, degan savol kelib chiqishi tabiiy bir hol. Mavzuning boshida biz tabiiy sharoitda yashaydigan o‘simlik va hayvonlarning har bir individida shaxsiy o‘zgaruvchanlik sodir bo‘lishini qayd qilgan edik. Shaxsiy o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa ziyon bo‘ladi. Odatda ziyon o‘zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. Organizm uchun befarq o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishini Darvin tabiiy tanlanish deb atadi. Agar sun’iy tanlanishni inson olib bors a, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun’iy tanlanishni o‘tkaz ish da inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson uchun foydali belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Buning oqibatida organizm uchun foydali belgi-xossalar avloddan avlodga tabiiy tanlanish tufayli orta boradi. Bunday irsiy o‘zgarishga ega organizmlar boshqa organizmlar bilan chatishishi tufayli soni ko‘payib boradi. Yashash uchun kurashga moslashgan organizmlar moslashmagan organizmlarga nisbatan kamroq nobud bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tabiiy tanlan ish, organizmning muhitga mos la- shishida yangi populyatsiya, turlarning kelib chiqishida asosiy omil ekanligidan dalolat beradi.