“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022 184 bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq
surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga,
magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast etkazishi va vayron qilishi bilan
birga, odamlarga jarohat etkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.
Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak? Ko‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi
to‘g‘risidagi signalni olgach, elektr asboblari, gaz va suv tarmog‘ini o‘chiring,
avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan zudlik bilan o‘tkaziladigan evakuatsiyaga
tayyorlaning. Ko‘chki joyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Ko‘chki surilishi
sekin (bir oyda metr) harakatlanayotgan bo‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli
hududda qolishi mumkin bo‘lgan binolarni tark eting, mebel, buyumlarni olib keting
va h.k. Evakuatsiya vaqtida o‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharoitdan
kelib chiqib va ma’muriyat ko‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-ovqat
mahsulotlari oling. Suv toshqini ko‘prik, yo‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta
moddiy zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv
qatlamining balandligi 2 metrdan oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud
bo‘lishi mumkin. Suv toshqini to‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3
haftagacha davom etishi mumkin.
Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Agar hududingiz suv toshqini xavfiga tez-tez uchrab tursa, u holda ehtimoliy suv
toshish chegarasini, shuningdek yashash joyingizga yaqin bo‘lgan tepaliklarni, ularga
boruvchi eng yaqin yo‘llarni o‘rganib chiqing va esda saqlab qoling. Oila
a’zolaringizni uyushgan va yakka evakuatsiya talablari bilan, to‘satdan keskin suv
hajmi oshib boradigan hollarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bilan tanishtiring. Qayiq,
sol va ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilish materiallarining turgan joyini
yodda tuting. Oldindan evakuatsiya vaqtida olib chiqib ketiladigan hujjatlar, mol-mulk
va dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib qo‘ying. Maxsus jomadon yoki ryukzakka
qimmatbaho buyumlaringiz, zarur issiq kiyim, oziq-ovqat zaxirasi, suv va dori-
darmonlarni solib qo‘ying.
Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Suv toshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi
xabarni olgach, belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz xududga yoki
tepaliklarga chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatbaho buyumlaringiz va uch
kecha-kunduzga etadigan oziq-ovqat mahsulotlarini oling. Manzilga etib kelgach
ko‘chiriluvchilarni qabul qilish punktida ro‘yxatdan o‘ting.Uydan chiqishdan oldin
elektr, gaz tarmog‘i va isitish pechlaridagi olovni o‘chiring, binodan tashqaridagi suv
olib ketishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlarni mahkamlang yoki ularni yordamchi
binolarga joylashtiring. Vaqtingiz etarli bo‘lsa, qimmatbaho uy jihozlarini yuqori
qavatlarga yoki chordoqqa olib chiqing. Deraza va eshiklarni yoping, zarurat bo‘lsa va
vaqt imkon bersa, birinchi qavatdagi deraza va eshiklarni tashqi tomondan taxtalar