Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
186
Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak? 
Kelayotgan sel oqimining shovqinini eshittach, zudlik bilan kamida 50-100 m 
balandlikka chiqib olish kerak. Bunda shiddat bilan kelayotgan oqimdan katta 
masofaga og‘ir, hayot uchun xavfli bo‘lgan toshlar otilib chiqishi mumkinligini yodda 
tutish lozim.Sel oqimi o‘tib ketgandan so‘ng jabrlanganlarga, sel oqimi o‘tgan 
joylardagi vayrona uyumlari va loyqalarni tozalayotgan qutqaruvchilarga 
ko‘maklashing. SHikastlangan bo‘lsangiz, o‘zingizga birinchi yordam ko‘rsatishga 
harakat qiling. Tanangizning shikast topgan joylarini, iloji boricha yuqoriroq ko‘targan 
holda tuting, shikast joylariga muz (namlangan mato) qo‘ying, qattiq bog‘lang. 
Tibbiyot xodimlariga murojaat qiling.Qor ko‘chkisiga uzoq muddat qor yog‘ishi, 
qorning shiddatli erishi, zilzila, portlash va tog‘ yonbag‘irlarining tebranishini keltirib 
chiqaruvchi inson faoliyatining boshqa turlari, havo muhitining tebranishi sabab 
bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chkisi binolar, muhandislik inshootlarini vayron qilishi, 
zichlangan qor bilan yo‘l va tog‘ so‘qmoqlarini yopib qo‘yishi mumkin. Ko‘chkiga 
to‘qnash kelgan tog‘ qishloqlari aholisi, sayyohlar, alpinistlar, geologlar, chegarachilar 
va aholining boshqa toifasi jarohat olishi yoki qalin qor qatlami ostida qolishi mumkin. 
Qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan hududda harakat qilishning asosiy 
qoidalariga rioya qilinishi lozim:qor yog‘ayotgan va ob-havo buzilgan vaqtda toqqa 
chiqmang;tog‘da bo‘lgan vaqtingizda ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib boring;toqqa 
chiqa turib, qor ko‘chkisi tushishi ehtimol bo‘lgan joylarni bilib oling;qor ko‘chkisi 
tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘ting.Qor ko‘chkisi, odatda, yonbag‘irlar 
nishabligi 300 dan oshgan, agar yonbag‘ir yaydoq bo‘lsa, nishablik 200 dan oshgan 
joylarda tushadi. Nishablik 450 dan oshgan joylarda qor ko‘chkisi har qor yoqqan 
vaqtda yuzaga kelishi mumkin. 
Oldini olish tadbirlari. 
Qor ko‘chkisi tahdidi yuzaga kelgan sharoitda qor to‘planishi ustidan nazorat 
o‘rnatiladi, muhofaza inshootlari quriladi, sun’iy ravishda qor ko‘chkisi yuzaga 
keltiriladi, qutqaruv vositalari tayyorlanadi va qutqaruv ishlari rejalashtiriladi.Ob-havo 
qanday bo‘lmasin, nishabligi 300 dan ortiq tog‘ yonbag‘irlarini kesib o‘tish kerak 
emas, qor yoqqanidan so‘ng esa nishabligi 200 dan ortiq yonbag‘irlardan 2-3 kundan 
keyingina o‘tish mumkin.Qor ko‘chkisi tushishi uchun bahor va yozda ertalabki soat 
10 dan quyosh botgunga qadar bo‘lgan davr eng xavfli hisoblanadi. 
Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak? 
Agar qor ko‘chkisi katta balandlikdan tushayotgan bo‘lsa, zudlik bilan ko‘chki 
yo‘lidan chetga, xavfsiz joyga chiqib olish yoki qoya ostida berkinish kerak (yosh 
daraxtlar orqasiga yashirinish mumkin emas). Qor ko‘chkisidan qochib qutulishning 
iloji bo‘lmagan holda, ortiqcha buyumlarni tashlab, ko‘chki yo‘nalishi bo‘yicha 
gorizontal holatni egallang, oyoqlaringizni qorningiz tomon bukib oling. 
Qor ko‘chkisiga to‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak? 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin