Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 99,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix20.11.2023
ölçüsü99,39 Kb.
#162288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
181-189

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
188
Agar dovul (bo‘ron) boshlangan vaqtda bino ichida bo‘lsangiz, derazadan 
uzoqlashing va ichki xonalar devorlari oldidagi xavfsiz joylarda, yo‘lakda, devoriy 
shkaflar oldida, vannaxonada, hojatxonada, mustahkam shkaflar ichi, stol ostidan 
panoh toping. Pechkalardagi olovni, elektr tarmog‘i, gaz manbalarini o‘chiring. 
Tunda fonar, lampa, shamlardan foydalaning, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 
(bo‘limi) axborotlarini tinglash uchun radiopriyomniklarni ishlatib qo‘ying, imkon 
qadar panajoylarda, erto‘lalarda bo‘lishga harakat qiling. Agar dovul, bo‘ron va quyun 
vaqtida ko‘chada bo‘lsangiz, u holda binolar, ko‘priklar, estakadalar, elektr uzatish 
tizimlari, daraxtlar, daryo, ko‘l va ishlab chiqarish ob’ektlaridan uzoqroq bo‘lishga 
harakat qiling. Tepadan tushayotgan bino qismlarining parchalari, oyna siniqlaridan 
muhofazalanish uchun fanera, karton va plastmassa yashiklar, taxta va boshqa qo‘l 
ostidagi vositalardan foydalaning. Zudlik bilan erto‘la, radiatsiyadan yashirinish 
joylarida berkinishga harakat qiling. Shikastlangan binolarga kirmang, shamol ta’sirida 
ular qulab tushishi mumkin. 
Quyun yaqinlashib kelayotganligi to‘g‘risidagi signalni olgach, zudlik bilan 
panajoy, erto‘laga tushish yoki krovat va boshqa mustahkam mebel ostidan panoh 
topish zarur. Quyun sizga ochiq joyda etib olsa, ariqlar osti, chuqurlik, jarliklarda erga 
mahkam yopishib olish, boshingizni kiyimingiz yoki daraxt shoxlari bilan 
berkitishingiz lozim. Avtomobil ichida qolmang.Ogohlantirish chora-tadbirlari.Agar 
siz gidrouzelga tutashgan hududda yashasangiz, hududni halokatli suv bosish maydoni 
ta’sir doirasiga tushish-tushmasligini aniqlang. Yashayotgan joyingiz yaqinida 
tepaliklar joylashganligini, ularga olib boruvchi qisqa yo‘llarni bilib oling.Yorish 
to‘lqini ta’siri va joyning halokatli suv bosishida harakat qoidalarini, umumiy va 
qisman evakuatsiya tartibi qoidalarini o‘rganib, oila a’zolaringizni ham tanishtiring. 
Evakuatsiya qilinganlarni to‘plash joyini aniqlab oling. Evakuatsiya vaqtida olib 
ketiladigan hujjatlar va mulkingiz ro‘yxatini tuzing.Qayiq, sol, boshqa suzuvchi 
vositalar va ularni yasash uchun qo‘l ostida mavjud materiallar turgan joylarni eslab 
qoling. 
Gidrodinamik avariya xavfi bo‘lganda qanday harakat qilish kerak? 
Halokatli suv bosishi xavfi va evakuatsiya to‘g‘risidagi xabarni olishingiz bilan 
belgilangan tartibda xavfli hududdan belgilangan xavfsiz joyga yoki turar joylardagi 
balandliklarga chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz, pul, birinchi navbatda zarur 
bo‘ladigan buyumlar va 2-3 kecha-kunduzlik oziq-ovqat zaxirasini oling. Mol-
mulkingizning olib ketolmaydigan qismini binoning chordog‘i, baland qavati, daraxt 
usti va h.k. joylarga olib chiqib qo‘ying.Uydan chiqib ketishdan oldin elektr chiroqlari 
va gazni o‘chiring, deraza, eshik, shamollatish va boshqa tuynuklarni mahkam 
yoping.Gidrodinamik avariyalar vaqtidagi toshqinda qanday harakat qilish 
kerak?To‘satdan suv bosishi xavfi paydo bo‘lganda yorish to‘lqini zarbidan saqlanish 
uchun zudlik bilan yaqin oradagi balandlikdan joy oling, kattaroq daraxtga yoki 



Yüklə 99,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin