“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022 185 bilan qoqib qo‘ying. Evakuatsiya uyushgan holda o‘tkazilmayotgan bo‘lsa, yordam
etib kelgunga va suv sathi pasaygunga qadar yuqori qavatlar va binolar tomidan,
daraxtlar va tepaliklardan joy egallang. SHu bilan birga muntazam halokat signalini
berib boring (kunduz kuni uzoqdan yaxshi ko‘rinadigan ochiq rangli matoni osib
qo‘yish yoki silkitish bilan, tunda - yorug‘lik signali va ovoz bilan). Qutqaruvchilar
yaqinlashganda, suzuvchi vositaga o‘ting. Bunda qutqaruvchilarning ko‘rsatmalariga
qat’iy amal qiling, suzuvchi vosita ustidagi yukning ko‘payib ketmasligiga e’tibor
bering. Harakat vaqtida o‘rningizdan qimirlamang, qayiq chetiga o‘tirmang, ekipaj
a’zolarining talablarini bajaring. Suv ostida qolgan zonadan mustaqil ravishda
chiqishga, faqatgina jiddiy sabablar (jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, suv
sathining ko‘tarilib borishi, yuqori qavatlar va chordoqlarni suv bosish xavfi) paydo
bo‘lganda tavsiya etiladi. Ammo ishonchli suzuvchi vosita bo‘lsa, harakat yo‘nalishini
bilsangizgina shunday yo‘l tutishingiz mumkin. Mustaqil harakat vaqtida halokat
signalini berishni to‘xtatmang.Suvda qolganlar va cho‘kayotganlarga yordam bering.
Odam cho‘kayotgan bo‘lsa, unga suzuvchi vosita tashlang, harakatlarini qo‘llab-
quvvatlab turing, boshqalarni yordamga chaqiring. Jabrlanuvchiga yaqinlashar
ekansiz, daryo oqimini hisobga oling. Agar cho‘kayotgan odam o‘z harakatlarini
nazorat qilolmayotgan bo‘lsa, unga orqa tomondan suzib borib sochidan ushlang va
qirg‘oqqa qarab suzing.
Sel oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarning jadal erishi,
zilzila va vulqon otilishlari keltirib chiqaradi. U to‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik
(10 m/soniya va undan ortiq) bilan harakatlanadi, odatda o‘n daqiqadan bir necha
soatgacha bo‘lgan oraliq bilan bir necha to‘lqinlar shaklida o‘tadi. Sel to‘lqini oldingi
qismining balandligi 15 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Harakatlanayotgan sel
oqimining gulduragan ovozi uzoq masofadan eshitilib turadi. Odamlar (sayyohlar, tog‘
razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy aholi), turar joy binolari va yo‘l inshootlari
tabiiy ofatning qurboniga aylanishlari mumkin.
Selga qanday tayyorlanish kerak?
Odatda sel oqimlari kelishi mumkin bo‘lgan joylar ma’lum bo‘ladi. Toqqa
chiqishdan avval harakatingiz yo‘nalishida mavjud bo‘lgan shunday joylarni o‘rganib
chiqing, ularni, ayniqsa kuchli yog‘inlardan so‘ng chetlab o‘ting. Sel oqimiga to‘qnash
kelib qolinganda qutulib qolishning iloji juda kamligini doimo yodda
tuting.Evakuatsiya oldindan o‘tkaziladigan bo‘lsa, turar joyni tashlab chiqib ketishdan
avval elektr, gaz, suv manbalarini berkiting. Eshik, deraza va shamollatish tizimlarini
yaxshilab yoping.Avvaldan o‘tkaziladigan selning oldini oluvchi chora-tadbirlar:
seldan xavfli hududlarda selga qarshi damba va to‘g‘onlar, suv yo‘lini o‘zgartirib
yuboruvchi kanallar quriladi, tog‘ ko‘llari sathi pasaytiriladi, yonbag‘irlardagi tuproq
qatlami daraxt o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlanadi, kuzatuv ishlari olib boriladi,
xabar berish tizimi yaratiladi va evakuatsiya rejalashtiriladi.