Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
K i r i sh
Mavzuning dolzarbligi.
Biz bugun tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z
oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z
kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish
yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashmoqdamiz
1
.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat
hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk
tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk
shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi.
Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk
shakllari kabi daxlsiz va davlat muxofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi
mumkin
2
.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har
bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining
himoyasini kafolatlashdan iboradir.
Ushbu
kafolatlar
avvalo
mamalakatimiz
Konstitusiyasida
va
Konstitusiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida o’z
ifodasini topgan. Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu
tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy
bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi.
1
I.A.Karimov. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning
yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir.
T.:2013.,O’quv qo’llanma.122 bet.
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т.: Ўзбекистон нашриѐти, 2012 йил,
11-бет.
4
Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi
subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib,
ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini
birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini
shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko’rish
mumkin.
1
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik»
va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini
almashtirishlari mumkin. «Tadbirkor» va «biznes» kabi tushunchalari, ularning
iqtisodiy faoliyat soxalarini kurilayotganda ma’nodosh deb xisoblanmaydi.
«Biznes» tushunchasi «tadbirkor»dan ancha keng ma’noga ega, deb karaladi.
G’arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti xakidagi adabiyotlarida, biznes -
jamiyatning talab va xohishlarini kondirishga karatilgan ishlab chikarish tizimi
deb tushuntiriladi.
Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi
munosabatlarni kamrab oladi va fakat ishbilarmonlarning emas, balki
iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham
xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu xolatda, biznes so’zining sinonimlari
bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotik kabi tushunchalar xisoblanadi.
Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi
ishchanlik faolligidir.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida
xususiyatlari:
1
2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2011 йилнинг асосий
якунлари
ва
2012
йилда
Ўзбекистонни
ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг
устувор
йўналишларига
бағишланган
Вазирлар
Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.
http//Uza.uz/uz/politic
5
ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat
tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon
bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega
bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan
firmalar kiradi.
Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band
bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud.
Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar
sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar
kiymati qo’llanadi.
O’zining «kichik biznes» degan nomiga qaramasdan, ushbu ishlab
chikarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida
muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:
- maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab
turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod
qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy
sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan
kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;
- kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u
amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;
- ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining
yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;
- moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti
va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar
tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik
biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyat munosabatlari fuqarolar
bilan fuqarolar o’rtasida yuridik shaxs bilan jismoniy shaxslar o’rtasida
fuqarolik huquqiy munosabatlar yoki iqtisodiy faoliyat natijasida taraflar
o’rtasida tuzilgan bitimlar va shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin.
6
Tadbirkorlik munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi, 2012 yil 2 mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi.
FKning 24-moddasida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati keltirilgan
bo’lib, unda tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etmasdan yoki uni tashkil etish
tartib qoidalari belgilab qo’yilgan. Tadbirkorlik ham – fuqarolik huquqiy
munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor)
foydasiga muayan harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, mol-mulkni
topshirish, ish barjarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va boshqalar yoki
muayan harakatdan qo’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan
o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi.
Yuqoridagi qonunning 3- moddasida tadbirkorga qonuniy ta’rif berilgan
bo’lib unda tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan єonun hujjatlariga muvofiє amalga oshiriladigan,
tavakkal єilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga
єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini huquqiy himoya qilishda avvalo
ularga etkazilgan mulkiy zararni undirish muhim hisoblanadi. Shunga ko’ra
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqida zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan majburiyatlar haqida ko’plab olimlarning nazariy-amaliy fikrlarini
keltirib o’tish mumkin.
Akademik X.Rahmonqulov fuqarolik huquqiy javobgarlik qo’yidagi
ikkita asos bo’yicha ya’ni zararlarni qoplash va neustoyka undirish shakllaridan
iborat ekanligini ta’kidlaydi
1
.
Prof.I.Zokirov majburiyat subyektlarining javobgarligi qarzdor bo’lgan
shaxs uni butunlay bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni
bajarish yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa
xilof harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan
dalolat beradi. Ya’ni, majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning
1
Раҳмонқулов Х.Р. Мажбурият ҳуқуқи. Т.: 2006. -143 б.
7
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Qarzdorning huquqqa xilof xatti-
harakati huquq normalariga riof qilmaslikni bildirganligi tufayli, jumladan,
qarzdor tomonidan olingan majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim
darajada bajarilmasligi vash u bilan shartnoma intizomining buzilishi –
qonunchilikni buzish deb, yuritilishini tushuntiradi.
1
N.Egamberdiyeva fuqarolik huquqida zarar deganda, huquqi buzilgan
shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo’lgan
xarajatlari, uning mol-mulki yo’qolishi yoki shikastlanishi haqiqiy zarar,
shuningdek bu shaxsning huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik
muomalasi sharoitida olishi mumkin bo’lgan lekin, ololmay qolgan daromadlari
boy berilgan foyda tushunilishini FKda belgilangan norma asosida ta’kidlaydi.
2
Shartnoma shartlarini buzish fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini
qo’llashni belgilab, taraflardan biriga yetkazilgan zararni undirish majburiyatini
yuklaydi. Ushbu huquqiy majburlov choralarini qo’llashning asosiy huquqiy
manbalari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hisoblanadi.
Shuningdek, ayrim olimlar fuqarolik huquqiy javobgarlik borasida
ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borib, ushbu javobgarlikni keltirib chiqaruvchi
asoslar hamda shartnomaga asoslangan majburiyatlarning buzilishi fuqarolik
huquqiy javobgarlikning obyektiv tusdagi shart-sharoitlaridan iborat ekanligini
va majburiyatlarning buzilishi fuqarolik huquqi fanida huquqqa zid xatti-
harakat, ya’ni huquqbuzarlik bo’lib hisoblanishini tushuntiradilar.
3
Bu borada bildirilgan nazariy va amaliy fikr-mulohazalar shuni
anglatadiki, fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining qonunda
belgilangan tartib va qoidalar asosida amalga oshiriladigan u yoki bu tusdagi
xarakatlarining oqibati fuqarolik huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradi va
ushbu huquqlarni bugungi kunda yanada batafsilroq o’rganishni, fuqarolarning
1
И.Зокиров. Фуқаролик ҳуқуқи. Т.: ТДЮИ. 2006 325-326-бетлар
2
Эгамбердиева Н.Х. Фуқаролик ҳуқуқий жавобгарликнинг асослари ва
шакллари. Т.: 2007.60-61-бетлар
3
Қаранг: Ф.Шодманов. Қишлоқ хўжалигида шартнома мажбуриятларини
бузганлик учун жавобгарлик. Т.: 2004. 8-бет., К.Синдоров. Қишлоқ хўжалиги
соҳасидаги шартномалар. Т.: 2003. 121-бет.
8
huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yo’l qo’ymaslik muhim
ahamiyatga ega ekanligini his qilib, bularni yanada chuqurroq o’rganishni
maqsad qildik.
Shu va boshqa obektiv zaruratlarni hisobga olib, biz mazkur bitiruv
malakaviy ishning mavzusini ham aynan shu muamolarni o’rganishga
bag’ishladik.
Dostları ilə paylaş: |