44
TADBIRKORLIK SHAKLLARINING XUSUSIYATLARI
Tadbirkor-
lik shakllari.
Afzalliklari
Kamchiliklari.
1. Yakka
xo’jalik.
• To’lik mustakillik, erkinlik
va tezkorlik;
• Daromad olishdan maksi-
mal manfaatdorlik;
• Faoliyatdagi konfiden-
siallik;
• Katta xajmda kapital jalb
etishdagi qiyinchilik
• Faoliyat muddatini noanik-ligi;
• Zarar uchun javobgarlik
chegarasi yo’kligi;
• Barcha boshkaruv vazifa-larini
ko’shib olib borish zaruriyati.
(menedjerlik).
2. O’rtoklik
uyushmasi.
• Moliyaviy kuch;
• Erkinlik va tezkor xarakat;
• Jamoa bo’lib boshkarish;
• Portnerlarni cheksiz javob-
garligi;
• Partnerlarni doimiy emas-ligi va
bir-biriga bog’lik-ligi;
3. Korpa-
rasiya
(aksionerlik
jamiyatlari)
• O’o’shimcha kapitalni jalb
etish imkoniyatla-rini ko’pligi;
• Boshkaruvdagi mutaxas-
sislik;
• Aksionerlar javobgar-ligini
cheklanganligi.
• Jamiyat faoliyati ustidan kattik
nazorat o’rnatish;
• Boshkaruvni kiyinligi;
• Faoliyatni yakka xokimlikkga
moyilligi.
O’zbekiston Respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi
11.12.2003 yil 558-ii qonunida xususiy korxona tuzish tartibi berilgan. Unga
muvofiq, xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli
mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan
bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish.
Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy korxona qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga
yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar
45
ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi xususiy
korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning ustavida
quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro’yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan
boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Xususiy korxonani davlat
ro’yxatidan o’tkazish xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan
boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Xususiy korxonani davlat
ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xususiy korxonaning ustav fondi xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir
va uni mulkdorning o’zi belgilaydi.
Pul, qimmatli qoјozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulk yoki
mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy
korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor
xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil
baxolaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor
o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol-
mulkni
korxonaga
berayotgan
bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha
mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish
xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning
qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya
yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav
46
fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini
o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda aniqlanadi.
|