Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari


«Kichik biznes jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166767
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari (1)

«Kichik biznes jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni 
mo’tadillashtirishga yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo 
bo’lishi demakdir. Bu - respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va 
xizmatlari bilan boyitishdir. Buning uchun kichik biznesni rivojlantirishning 
yangi manbalari ham chet el investisiyalarini keng jalb kilish xisobiga, ham 
ichki manbaalar, bank kreditlari xisobiga doimo kashf etib borilishi darkor».
Ma’lumki, ilgarigi tartiblarga binoan tadbirkorlik subyektlarini davlat 
ro’yxatidan o’tkazishda ortikcha hujjatlarni talab kilish kollari uchrab turar edi. 
Chunki bu jarayon ko’plab xukumat kadrlari asosida amalga oshirilardi. Bu 
borada yagona bir tizim bo’lmaganligi bois ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat 
idoralari ishlarida ham anglashilmovchiliklar bo’lib turadi. Va buning okibatida 
tadbirkorlar bo’lar-bo’lmasga sarson-sargardon bo’lishardi. Endi bu jarayon anik 
bir tizim tarzida shakllandi va bu tadbirkorlar uchun juda katta kulayliklar 
tug’diradi.
Vazirlar 
Makkamasining 
«Tadbirkorlik 
subyektlarini 
davlat 
ro’yxatidan o’tkazish va xisobga ko’yish to’g’risida»gi 347 karoriga asosan 
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tumanlar (shaxarlar) hokimliklariga -o’z 
yashash joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga (shaxsan o’zi kelib) mazkur 
Nizomdagi 4-ilovaga muvofik shakl bo’yicha :
1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza;
• 3X4 o’lchamli 2 ta fotosurat;
• Ro’yxatdan o’tkazish yigimining belgilangan mikdori, to’langanligi 
to’g’risidagi bank to’lov hujjati;


49 
• Muhr va shtamp eskizlari (3 nusxada) takdim etiladi va pasport 
ko’rsatiladi.
Ma’suliyati cheklangan va ko’shimcha majburiyatli jamiyatlarni davlat 
ro’yxatidan o’tkazish uchun;
1. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza;
2. Nizom va ta’sis shartnomasining notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi. 
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan takdirda, u tomonidan notarial 
tasdiklangan Nizom;
3.Tadbirkorlik faoliyati subyektinirng pochta manzilini tasdiklovchi 
hujjat;
4.Davlat boji yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan 
mikdori to’langanligi xakida bank to’lov hujjati;
5.Shaxarlar (tumanlar) xokimliklarining vakolatli organlari tomonidan 
berilgan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma;
6.Muassislarning xar biri tomonidan ta’sis hujjatlarida ko’rsatilagn o’z 
ulushining kamida 30 % i Nizomiga ko’shilganligini tasdiklovchi bankning 
ma’lumotnomasi. Tadbirkorlik subyektining nizom jag’armasi yoki uning bir 
kismi mulkiy ulush (ko’chmas mulk, asbob-uskunalar) yoki intellektual mulk 
xisobida shakllantirilgan takdirda - bank ma’lumotnomasi talab etilmaydi, ta’sis 
hujjatlarida nizom jamg’armasi shakllantirish manbaalari ko’rsatilishi muassislar 
niyatining tasdig’i xisoblanadi.
7.Muhr va shtamp eskizlari uch nusxada.
Dekkon xo’jaliklari (yuridik shaxslar) .
• Tuman (shaxar) kokimliklariga (shaxsan o’zi kelib yoki pochta 
orkali) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofik davlat ro’yxatidan o’tkazish 
to’g’risida ariza.
• Kishlok xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) umumiy 
yig’ilishining yoki yukori boshkaruv organining tashkil etish to’g’risidagi 
karori;
• Ustavning notarial tasdiklangan 2 asl nusxasi;


50 
• Shaxar(tuman) kokimliklarinirng vakolatli organlari tomonidan 
beriladigan firma nomi to’g’risidagi guvoxnoma;
• muxr va shtamp eskizlari 3 nusxada.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes korxonalariga kredit 
mablag’lari ajratish bo’yicha turli xil sansalorliklar davom etmoqda. hujjatlarni 
ekspertizadan o’tkazish va kredit olish tinkani kuritadigan darajada og’ir 
jarayonga aylangan. Kichik va xususiy korxonalarning korijiy kredit 
mablag’laridan foydalanish imkoniyatlari foiz darajasining balandligi, biznes 
rejalarni ishlab chikishda tajriba yetishmasligi, garov talablari o’ta yukoriligi 
sababli cheklanib kolayapti.
Kichik korxonalar xisoboti masalalarida ham tartib o’rnatish vaqti 
keldi. Kichik biznes korxonalarining xar oyda 15 xildan ko’p xisobot topshirishi 
tokat kilib bo’lmaydigan xoldir».
Bugungi kunda kechayotgan iqtisodiy islokotlar davrida soliq 
solishning investision rag’batlantirish tizimini shakllantirish zarur. Bu tizim 
kelib tushadigan soliqlarning asosiy manbaa sifatida soliq solinadigan bazasini 
chukurlashtirishi emas, balki kengaytirishni takazo etadi.
Soliq tizimining takomillashmaganligi, tegishli infratuzilmalarning 
rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning yetarli emasligi borasidagi qiyinchiliklar 
ham kichik biznesning ravnak topishiga yetarli imkon bermayotir.
Rivojlangan mamlakatlar, ayniksa, ishlab chikarish soxasiga ko’p soliq 
pressini ko’llamaydilar. Respublikamizda kichik tadbirkorlik sektorida ishlab 
chikarish soxasi, eng asosiysi kayta ishlovchi xo’jalik yurituvchi kichik biznes 
subyektlari ko’pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun, bizda ham, ishlab 
chikarish va kayta ishlash bilan shug’ullanayotgan kichik biznes subyektlariga 
soliq bo’yicha imtiyozlar berilsa maksadga muvofik ish bo’lar edi.
Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat tarakkiyotiga, shu 
bilan birga, milliy farovonlikka erishish yo’lidagi ishlar samaradorligiga 
bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu soxaning afzallik tomoni - moslashuvchanlik, tez 
orada faoliyat yo’nalishini o’zgartira olish xususiyatidir. Davlat xaramligida 


51 
yashab, ongiga bokimandalik kayfiyati kattik o’rnashib kolgan odamlarga 
mulkdorlik xissini uyg’otish oson kechmaydi. Lekin, mamnuniyat bilan 
ta’kidlash mumkinki, hozir vaziyat 10 yil ilgarigidan ancha boshkacha - 
ko’pchilik mulkka egalik hissini anglab yetdi, mulkdorlar sinfi kengayib 
borayotir. Aynan shu mulkdor sinfining kengayishiga mos ravishda yurtimizda 
rivojlangan davlatlardek o’rta tabaka shakllanib, o’z ko’lamini oshirmokda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini 
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida‖gi 2005 yil 5 oktyabr, pf-3665-son Farmonida tadbirkorlik 
subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar 
sonini keskin qisqartirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to’qrisidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi 
uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish 
maqsadida quyidagilar belgilandi:
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-
xo’jalik faoliyatini qar to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik 
subyektlarini esa qar uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish 
o’tkaziladi;
yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer 
xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan 
paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmaydi;
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaqarlar)da 
ro’yxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo 
shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko’rsatiladigan (ishlar 
bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish 
takrorlanishiga yo’l qo’yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti ro’yxatga olingan 
joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari bo’yicha nazorat 
organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni 
belgilangan muddatda va to’liq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu 


52 
jumladan penyani to’lagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari 
qo’llanilmaydi.
Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, qoraqalpoqiston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shaqar hokimlari qattiq 
ogohlantirib qo’yilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik 
subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo’jalik faoliyatiga noqonuniy 
aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning o’rni qoplangan holda 
javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va ququqni 
muqofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va o’tkazish borasida 
belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi faoliyati ustidan muntazam 
nazoratni amalga oshirish belgilandi.
3. O’zbekiston Respublikasining nazorat organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashining yangilangan tarkibi 
tasdiqlandi.
4. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika 
kengashi:
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, 
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 
tadbirkorlik 
subyektlari 
faoliyatini 
tekshirish 
yillik 
va 
chorak 
muvofiqlashtiruvchi 
reja-jadvallarini shakllantirishning 
aniq 
asoslangan 
tamoyillari ishlab chiqilishini ta’minlash belgilandi.
2005 yilning 1 dekabrigacha muddatda tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatini 2006 yilda tekshirish muvofiqlashtiruvchi reja-jadvalini ishlab chiqib, 
tasdiqladi, unda mazkur Farmonning 1-bandiga muvofiq kompleks tekshirishlar 
o’tkazishning asoslangan tamoyillari va muddatlaridan kelib chiqqan qolda 
tekshirilishi lozim bo’lgan subyektlar ro’yxatini shakllantirishni nazarda tutildi. 
Nazorat organlariga «Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi qonun moddalariga qat’iy muvofiq 


53 
ravishda rejadan tashqari tekshirishlar o’tkazilishini asoslab beradigan sabablar 
mavjud bo’lgan favqulodda holatlarda ularni o’tkazishga ruxsat berildi 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin