43
- mikrofirma – mulk shaklidan kat’i nazar ishlab chikarish
tarmoqlarida o’rtacha 20-kishigacha; savdo xizmat ko’rsatish va boshka
noishlab chikarish soxalarida 10 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir.
- kichik korxona – mulk shaklidan kat’iy nazar, yilliga o’rtacha 100
kishigacha xodimi bo’lgan; kurilishda, kishlok xo’jaligi va boshka tarmoqlarida
– 40 kishigacha; fan soxasida, ilmni soxada, chakana savdo va boshka noishlab
chikarish tarmoqlarda 20 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir.
- dehqon xo’jaligi - o’z faoliyatini yuridik shaxs sifatida amalga
oshiruvchi va oila boshlig’iga umrbod meros kilib berilgan o’z tormorkasida oila
a’zolarining shaxsiy mexnati asosida oilaviy mayda tovar ishlab chikaruvchi
xo’jalikdir.
- fermer xo’jaligi – fermer xo’jaliklari a’zolarining faoliyatiga
asoslangan, unga uzok muddatga foydalanish uchun ijaraga berilgan yer
tormokalarida kishlok xo’jalik maxsulotlarini ishlab chikarishni amalga
oshiradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustakil xo’jalik subyektidir.
Korxona yirikligini ajratishning bunday mezonlari ularni soliqka
tortishdagi imtiyozlarni aniklash, kichik biznesni ko’llab kuvvatlashning anik
choralarini ishlab chikish, O’zbekistonda kichik korxonalarni ko’paytirish bilan
bog’lik bo’lgan infratuzilma tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish
imkoniyatini yaratadi. Bizda kichik biznes subyektlarini eng asosiy ko’rsatkichi
bu ishchi va xizmatchilar sonidir.
Dostları ilə paylaş: