shijoat sohibi bo’lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab
tadbirsiz loqayd kishilardan afzaldir”
1
. Shuningdek, tadbirkor-biznesmenlik
faoliyati asosan XVII asrda paydo bo’lib, ko’pincha ,,mulkdor― degan tushuncha
1
Темур тузуклари. Тошкент, Нашриѐт-матбаа бирлашмаси.– 1991. -57 б.
28
bilan tenglashtirilgan. Xususan, A.Smit biznesmenni foyda olish uchun biror bir
tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ruvchi
mulkdor, deb ta’riflaydi
1
. Tadbirkorlik faoliyati vujudga kelishining tarixiy
asoslarini prof.S.E.Jilinskiy uch tarixiy bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich, tadbirkorlik haqida dastlabki tushunchalar XVIII
asrning oxirlarida vujudga kelganligini, XIX asrning boshlarida –tadbirkorlik
mustaqil bir tizim sifatida namoyon bo’lganligini ta’kidlab, va shu bilan birga
tadbirkorlik haqida qator faylasuf olimlarning jumladan, A.Smit, D.Rikardo va
K.Markslarning ilmiy asarlarida ham tadbirkorni ishlab chiqarishda muhim
funksiyalarni bajaruvchi kapitalist degan fikrlar yuritilganligini bildiradi .
Ikkinchi bosqich, XX asr boshlari va o’rtalariga to’g’ri kelishini, bu
davrda tadbirkorlikning bir butun konsepsiyasi mavjudligini ta’kidlab, faylasuf
olim Y.Shumpeyterning izlanishlarida ham tadbirkorlik novatorlik faoliyatini
olib boruvchi shaxs degan to’xtamga kelganligini bildiradi.
Uchinchi bosqich esa XX asrning 60 - yillarida boshlanganligini va uni
hozirga qadar rivojlanib kelishini ilmiy asoslaydi
2
. Shuningdek, ayrim
adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati qadimgi rus davlatlarida ham davlatning
kuch - qudratini mustahkamlashda muhim soha sifatida xizmat qilganligi va
ushbu faoliyat bilan shug’ullanish natijasida daromad, foyda olishga intilishgan
degan fikrlar bildirilgan.
Yuqoridagilarga ko’ra, tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelish
bosqichlari XIV asrlardan boshlab XVII asrning oxirlari va XIX asrning
boshlariga to’g’ri kelganligini, ikkinchi bosqich, XX asr boshlari va o’rtalarida
va uning bu davrda butun bir konsepsiyasi mavjud bo’lganligini, uchinchi
bosqich esa XX asrning 60 - yillaridan boshlab 1990 yillarni o’z ichiga olishini
va to’rtinchi bosqich 1991 yillarning boshlariga to’g’ri kelib, davlatimizning
mustaqilligi bilan bugungi kungacha rivojlanib kelayotganini asoslash mumkin.
1
Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68.
2
Юқоридаги манбада.
29
Mustaqil davlatimizda tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelishi va uning
rivojlanishi 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ,,Tadbirkorlik to’g’risida―gi,
1999 yil 14 aprelda ,,Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari
to’g’risida―gi hamda hozirgi kunda amalda bo’lgan 2000 yil 25 mayidagi
,,Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida ―gi qonunlari va
boshqa qator qonun osti aktlari tashkil qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatiga oid tushunchalar va g’oyalar haqida xorijiy
iqtisodchi olimlar tomonidan ham tadqiq etilgan. Jumladan, Angliyalik
iqtisodchi olim F.Xayk tadbirkorlik asosida biror bir iqtisodiy imkoniyat
natijasida o’z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish tushuntiradi
1
.
Hindiston davlatining hozirgi kunda og’ir va yengil sanoatida yirik tadbirkorlik
faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo’lib kelayotgan korxonalardan Tata, Birla,
Modi, Dalmia va boshqalarni keltirib o’tib, ushbu subyektlar dastlabki
faoliyatini eng kichik biznesdan boshlab yirik tadbirkorlarga aylanganligini
ta’kidlaydi
2
.
Ayrim yuridik lug’atlarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tushunchalari
keltirilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati tushunchasi mustaqil o’z mulki asosida
tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo’lib, o’z mulkidan mahsulot
sotishdan, ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishdan, uzluksiz doimiy ravishda
daromad oluvchi hamda davlat ro’yxatidan qonuniy tartibda o’tgan faoliyat tan
olinishi belgilangan
3
. Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy tushunchasi Rossiya
Federasiyasi Fuqarolik kodeksining 23-moddasi 1-qismida qayd qilinishicha, har
qanday fuqaro qonun hujjatlarga asosan tadbirkorlik bilan shug’ullanish
huquqiga ega bo’lishligi va bunda ular tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs
tashkil etmasdan (yakka tadbirkor) sifatida va ushbu faoliyatni davlat
1
Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. –
М.: Колос. 1997. – С.5
2
Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005.
-
15 р
3
Большой юридический словар. 3-ое изд. Под ред. Проф.А.Я.Сухарева – М.
Инфра, 2006 – С.579-580.
30
ro’yxatidan o’tkazganidan so’nggina shug’ullanishga haqli ekanligini
belgilaydi
1
.
Bizning
jamiyatda
tadbirkorlik
faoliyatining
huquqiy
asoslari
Konstitusiyamizning 36, 53, 54 va 55-moddalarida belgilab qo’yildi.
Tadbirkorlik faoliyatiga dastlabki legal tushuncha, O’zRning ―Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida―gi qonunning 3-moddasida,
tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy
javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat
2
,
deb belgilandi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi O’zRsi FKning 24-
moddasida – fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan
paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga haqli ekanligi
belgilandi.
Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasiga oid dastlabki
ilmiy tadqiqotlar ishlar huquqshunos olim B.Ibratov tomonidan olib borildi. U
tadbirkorning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil qilish,
undan foydalanish, novatorlik g’oyalarini amalga oshirishdan iborat ekanligini
asoslab, tadbirkorning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi
an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki, uni inson faoliyatining shu sohadagi
funksiyasi bo’lib, uning jamiyatdagi tutgan o’rni va ijtimoiy ahamiyatiga
e’tiborni qaratish lozimligini tushuntiradi. Shuningdek, tadbirkor bozor
iqtisodiyotining alohida bo’g’inlarida takror ishlab chiqarish borasida xizmat
ko’rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo’jalik
munosabatlarining majmuidir
3
, deb ta’riflaydi.
1
Қаранг: Гражданский кодекс Российской Федерации. Части первая и вторая. –
М.: Изд-во ―Новая Волна‖, 1996. – 512 с.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2000, 5-6 сон.
140-модда.
3
.Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б.
31
Fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyati har qanday mulkdor tomonidan o’ziga
tegishli bo’lgan mol-mulki asosida yoki o’zga shaxsning mulkini qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda, tavakkalchilik asosida tadbirkorlikni amalga
oshirib undan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) oladigan, yangilik
yaratuvchi, o’z mulkiy javobgarligi hamda mustaqil ish yurita oladigan
tashabbuskor shaxsni tadbirkor deb ta’riflash mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bevosita xususiy mulk asosida hamda taraflarning
huquqiy jihatdan tengligiga asoslanadigan faoliyat hisoblanadi. Xususiy mulk
fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan biri bo’lib, ushbu mulk fuqarolik
oborotida erkin muomalada bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi
subyektlar fuqarolik huquqiy munosabatlarda mustaqil huquq subyekti sifatida
ishtirok etadi. Shuningdek, ular o’z mulkidan qonunda belgilangan tartibda
tadbirkorlik asosida foyda yoki daromad olishlari mumkin. Xususiy mulk egalari
barcha iqtisodiy munosabatlarga kirishishda, eng avvalo, har bir shaxsning
fuqarolik huquqini erkin va mustaqil tartibda amalga oshirilishiga asoslanadi.
Bizning nazarimizda, tadbirkorlik – mustaqil iqtisodiy faoliyat bo’lib,
mulkiy munosabatlarda taraflarning ixtiyoriga ko’ra o’z mulkiga asoslanib
o’zining mulkiy imkoniyati darajasiga qarab ishtirok etishi tushuniladi. Bozor
munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi har qanday
shaxs raqobatga bardosh bera oladigan, mulkiy va huquqiy kafolatlangan
bo’lishi kerak.
Iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini yanada mustahkamlash va uni
rivojlantirishning ustuvor vazifalari haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shuni
ta’kidlaydiki:
Dostları ilə paylaş: |