38
Birinchidan,
ushbu faoliyat o’zining tuzilishi
va vujudga kelishi bilan
intellektual faoliyatning natijasi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan
esa, ushbu faoliyat natijasida yangi bir fikrlarni ishlab chiqib,
uning natijasida yaratilgan mahsulotni bozorga chiqarish tushuniladi. Lekin
ushbu tushuncha biroz bahsli bo’lib, bu borada ayrim huquqshunos olimlarning
ham fikrlarini o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan,
huquqshunos
olima
L.V.Mas
innovasion
faoliyatni
xarakterlab,
uni
tadbirkorlikka
xos faoliyat emasligini, balki unda faqatgina tadbirkorlikka xos
ayrim belgilarning mavjudligi bor, xolos, degan fikrga to’xtaladi
1
.
Innovasiya belgisi tadbirkorlikka xos belgi bo’lib, intellektual faoliyat
natijasida erishilgan yangiliklar innovasiya asosida
vujudga kelishini va bu
faoliyatning maqsadi yaratilgan yangi mahsulotni tijoratlashtirish orqali
daromad olishga qaratiladi. Shuningdek, uni tijoratlashtirish o’z navbatida tijorat
huquqiga xos faoliyat hisoblanadi. Tijorat faoliyati esa, o’z
navbatida,
tadbirkorlikning bir turini bildirib, uning mazmunida tadbirkorlikka xos belgilar
mavjud va ular yuqorida qayd qilingan belgilar bilan deyarli bir xildir.
Tadbirkorlik faoliyatining ushbu belgilari uning xo’jalik faoliyatini tadbirkorlik
asosida tashkil etilganligini bildiradi va ushbu belgilar tadbirkorlik tuzilmasining
boshqa yuridik shaxslardan farq qilishini ham belgilaydi.
Bozor munosabatlarida tadbirkorlik asosida ish yuritish birinchi navbatda
fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, ushbu faoliyatning asosini mulkiy
munosabatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan esa, mulkiy
munosabatlar fuqarolik
huquqi normalari asosida tartibga solinadi. Shu asosda tadbirkorlik huquqi
fuqarolik huquqining bir-birini to’ldiruvchi va bir biri bilan bog’liq
munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi.
Xulosa qilganda, tadbirkorlik faoliyatiga mansub bo’lgan
barcha belgilar
uning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda ushbu belgilar
tadbirkorlik faoliyatini boshqa iqtisodiy faoliyat turlaridan ham ajratib turadi.
1
Мас Л.В.Коммерческое право. Краткий курс. 2 ое издание. СПб. Питер, 2005. –
С.143.
39
Tadbirkorlik faoliyatining yaxlit tushunchasi qo’yidagicha bayon etilishi lozim.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tovar ishlab chiqarish, ish
bajarish yoki xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlik
faoliyati subyektlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va
o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor
faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: