Bozor iqtisodiyotida firma faoliyatining asosiy xususiyatlari.
Taqrizchi:__________________________________________________________ KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mexnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi:
fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;
jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;
davlat mulkiga asoslangan korxona.
SHuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan qo’shma korxona xam tashkil etiladi. Qo’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog’lik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichik bo’lishi mumkin.
Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qonun tomonidan belgilab qo’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, xo’jalik vazifalarini markazlashgan xolda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalq xo’jaligining sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste‘mol sifatlariga ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona quyidagilarga erishishi lozim:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani taraqqiy ettirish, mexnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;
jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yuqori unumdor mexnat uchun imkoniyatlar yaratish, mexnatga qarab taqsimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish va yaxshilash;
mexnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xaqiqiy mulkdor sifatida foydalanishga qiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga qiziqish uyg’otish.
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan ta‘sis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan xolda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarni bajargan xolda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani ta‘sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan xolda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shaxar xokimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab ta‘sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi. Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shaxar xokimliklarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’grisida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro’yxatiga kiritish maqsadida e‘tibor beriladi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tish uchun xokimiyatga uni ta‘sis etish to’grisida qaror, korxona nizomi va boshqa xujjatlar taqdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan taqdirda, ta‘sischi rad etish asoslanmagan deb xisoblagan xolda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun qonunda ko’rsatilgan miqdorda badal olinadi. To’plangan mablag’lar korxona ro’yxatidan o’tgan shaxar, tuman byudjetiga o’tkaziladi.