Tadbirkorlik va boshqaruv


Firmani tasis etish va ro’yhatdan o’tkazish tartibi



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə4/8
tarix27.10.2022
ölçüsü209,5 Kb.
#66487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor iqtisodiyotida firma faoliyatining asosiy xususiyatlari.

1.1.Firmani tasis etish va ro’yhatdan o’tkazish tartibi.
Firmani tashkil etilishini kompaniyalar haqidagi milliy qonun orqali ta’sischilar amalga oshiradi. Ta’sischilar zimmasiga ta’sis xujjatlarini tayyorlash, kapitalni tashkil qilish, boshqaruv organlarini tayinlash, firmani ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha mulkiy va jinoiy javobgarlik yuklatiladi.
Ta’sischilar sifatida firmani tashkil etadigan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadi. Aksiyadorlar - bu aksiyalarga ega bo’lgan hamma yuridik va jismoniy shaxslar. Ta’sis xujjatlar paketi asosan shartnoma va nizomdan iborat. Shartnomada korxonaning tuzilishi va ish jarayonidagi ta’sischilarning faoliyat masalalari aks ettirilgan. Nizomda esa firmaning faoliyati va ichki tashkillanish prinsiplari aks ettirilgan. Ta’sis shartnoma faqat ta’sischilarni hamda jamiyatning huquqi va majburiyatlarini ifodalaydi. Nizom esa hamma aksiyadorlarning huquqini ifodalaydi.
Nizom muhim xujjat hisoblanib, unda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan:
- firmaning nomi;
- faoliyat maqsadi;
- firmaning manzili;
- qatnashchilarning tarkibi;
- nizomdagi kapital qiymat;
- ishtirokchilar xissasining qiymati (qo’shilgan ulushi tarkibi);
- aksiya turlari, ularning nominal narxi va soni;
- nizom kapitalining shakllanish tartibi;
- aksiyadorlar soni;
- boshqaruv idorasining tarkibi, tuzilishi va vakolatlilik darajasi;
- qarorlar qabul qilish tartibi va faoliyatning muhim masalalari;
- firma haqidagi ma’lumotlarni chop etish usullari;
- firmani yopish va tarqatish tartibi.
Nizom ta’sischilar tomonidan ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar (sud yoki notarius) tomonidan, firma ro’yxatga olinganda, tasdiqlanadi.
Firmaning nizomiga ishtirokchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaror orqali o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tadbirkorning firmaga huquqi shu firma ro’yxatdan o’tib tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Har bir firmani ro’yxatdan o’tilishi, unga firmaning nomi va tovar belgisiga ega bo’lish xuquqini beradi. Firmaning nomi tijorat xatlarning blankalarida, schyotlarda, muxrda, peshtoqlarda, tovar belgisida va reklamalarda aks ettiriladi.
Firmani ro’yxatdan o’tishi uchun quyidagi ma’lumotlar reyestrda yozilishi kerak:
a) firmaning to’liq nomi va manzili;
b) firma faoliyatining turlari va yo’nalishlari;
v) firmaning asosiy kapitali;
g) firmaning tashkiliy tarkibi;
d) firmaning majburiyati bo’yicha shaxsan javobgarlarning familiyasi;
y)qo’yishga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning ro’yxati.



Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin