Tadbirkorlik va boshqaruv


Iqtisodiy davarlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə5/8
tarix27.10.2022
ölçüsü209,5 Kb.
#66487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor iqtisodiyotida firma faoliyatining asosiy xususiyatlari.

1.2.Iqtisodiy davarlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi.
Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati kuzatiladi.
YaIM
cho’qqi retsessiya cho’qqi
potentsial YaIM trendi ko’tarilish
iktisodiy davr pasayishning quyi nuqtasi
vaqt t
1.rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi

Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi.
Ko’tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish va to’liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko’rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo’ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog’lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o’z tovar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan biri bu ishsizlik hisoblanadi. Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud. Friktsion ishsizlik – bu ixtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan boshqa ishga o’tish, yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bog’liq. Ishsizlikning bu turi doimiydir.
Strukturaviy ishsizlik majburiy ishsizlik turi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga ko’ra ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham doimiydir.
Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi kandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish, «tarkibiy» ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida).
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf - odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 - yillarda friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.
Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib, bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir mahsulotdan voz kechiladi.
Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIM dan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi quyidagicha aniqlanadi :
16 va undan katta yoshdagi band aholi soni Bandlik darajasi =
16 va undan katta yoshdagi aholi soni
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
Bandlik darajasi hamda aholi daromadlarining bunday o’sishi, o’z navbatida, aholi turmush darajasining va ijtimoiy farovonligining barqaror ravishda oshib borishini ta’minlamoqda.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan yana biri bu inflyatsiyadir. Inflyatsiya – bu yalpi tovar va xizmatlar narxining ko’tarilishi va u bilan bog’liq pul birligi xarid quvvatining tushib ketishidir. Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikni aks ettiradi. Barcha mamlakatlar uchun inflyatsiyani jilovlash yirik iqtisodiy muammo hisoblanadi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha havfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.



Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin