Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə3/8
tarix27.10.2022
ölçüsü209,5 Kb.
#66487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor iqtisodiyotida firma faoliyatining asosiy xususiyatlari.

Kurs ishining maqsadi. Firma ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatgichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammosini ochib berish chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradoligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqarishdan iborat.
Kurs ishining predmeti. Firma faoliyati foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi firmalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tarkib topgan.


1-bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor faoliyatini boshqarish

Yangi ta‘sis etilgan korxona yuridik shaxs xisoblanadi, o’z shaxobchasini ochish, shuningdek joriy xisob rakamiga ega bo’lgan boshqa tashqiliy birliklar ta‘sis etish huquqiga ega bo’ladi.


Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi maxalliy xokimiyatlar bilan belgilangan tartibda xal etiladi. Korxona o’z ta‘sischisi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, faoliyat maqsadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish, shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’lik, qonunga zid bo’lmagan boshqa qoidalar ham ko’rsatilishi mumkin.
Korxona mulki, bu – uning asosiy aylanma fondlari hamda qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofik unga to’liq mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo’ladi. Ta‘sischilarning pul va moddiy badallari, maxsulot sotish va xizmat ko’rsatish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar qarzlari; byudjetdan kapital qo’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xomiylik badallari, qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat qiladi.
Korxona qonunchilikka muvofiq xolda yer, suv, yer osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni qo’riqlash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me‘yorlari va talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mexnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish uchun qimmatli qog’ozlar chiqarish huquqiga ega.
Davlat korxona mulkiy huquqlarini ximoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini fakat qonunda ko’rsatilgan xollardagina tortib olinishi mumkin.
Korxonaning mulkiy huquqiga fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan qaytariladi.
Davlat mulk qo’mitasi va uning rahbarligida tuzilgan joylardagi mulk qo’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu jarayonni tartibga soladi.
Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko’lami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mexnat jamoasini boshqarish, mexnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloqa va o’zaro ta‘sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashkiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik xisobi, moddiy texnika ta‘minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi qatnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va maxsulot sifatini oshirish, mexnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mexnatni va unga xaq to’lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni himoya qilish, hisob, hisobot, nazorat, korxonaning yuqori tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar bilan munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni qamrab oladi.
Mexnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo’llarini baxolash uchun mos me‘yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me‘yorlar vositasida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’ginlarning ishini yaxshilash bo’yicha tartiblar amalga oshirilmoqda: korxona boshqaruvining butun tizimi puxtalashtirilmoqda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga qaratilmoqda, boshqarishning tashkiliy tartibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmoqda; mexnatni tashkil etish va xaq to’lashning ilmiy asoslari joriy etilmoqda; korxona faoliyati me‘yor va ko’rsatkichlari o’zgarmoqda; korxonani boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, xar bir ishlovchi daromadi uning qo’shgan hissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniqlanishi muvoffaqiyatli unumdor faoliyat uchun asos yaratmoqda, qator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar xal etilmoqda.
Korxonani texnikaviy jihatdan qayta jihozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, hamda bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta‘minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resurslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniqlab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste‘molchilar, savdo va moddiy ta‘minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan maxsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki o’z savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baxolovchi muxim me‘yor buyurtma va shartnomalarni o’z vaqtida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim.
Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mexnat faoliyatini kichaytirishning muhim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muhim yo’nalishi bo’lmog’i lozim. U, shuningdek, mexnatkashlar, ular oilasi, urush va mexnat fayriylarining mexnat va turmush sharoitini yaxshilash xaqida g’amxo’rlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin