BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY BELGILARI kurs ishi
4. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xitoy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
1992-1994 yillarda asosan savdo, aholiga maishiy hizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korhonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi hususiy mulkka aylantirildi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga etdi.