Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 209,49 Kb.
səhifə2/14
tarix20.10.2022
ölçüsü209,49 Kb.
#65638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY BELGILARI kurs ishi

Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi.Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Yer yuzidagi barcha davlatlar o’z iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va tubdan isloh qilishni ko’zlaydi. Shu jumladan O’zbekiston ham necha yillardan beri ana shu vazifa bo’yicha ancha mehnat qildi. Bu borada bozor iqtisodiyotiga o’tish o’ylangan oqilona qaror bo’ldi. Kishilarda bozor iqtisodiyoti haqida tushunchalar paydo qilish, uning nechog’lik muhim ekanligini ko’rsatib berishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Hozirgi kunda olib borilayotgan barcha iqtisodiy faoliyat: ishlab chiqarish va servis xizmatlarni chuqur o’rganish, tahlil qilish va yanada isloh qilish.
Kurs ishining predmeti: Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ayni paytdagi ish yuritish metodlari va xalqaro tajribalarni o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 4ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Yüklə 209,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin